Rossiyadagi mitinglarda qatnaşgan migrantlar deportatsiya qilinişi mumkin
15-05-2026, 10:25
146 марта

Rossiyadagi mitinglarda qatnaşgan migrantlar deportatsiya qilinişi mumkin
Rossiya Davlat Dumasi ruxsatsiz mitinglarda iştirok etgan va Rossiya armiyasini “obrösizlantirgan” xorijliklarni mamlakatdan çiqarib yuborişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini keça, 13 may kuni birinçi öqişda qabul qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.Hujjat Rossiya Mamuriy huquqbuzarliklar kodeksiga 58 ta yangi modda kiritişni nazarda tutadi. Ular asosida çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar deportatsiya qilinişi mumkin.
Qonun loyihasida Rossiyaga qarşi sanktsiyalar çaqiriği, hududiy yaxlitlikni buzişga undaş, ruxsatsiz ommaviy tadbirlarda qatnaşiş, ekstremizmga oid çaqiriqlar hamda “noqonuniy va buzğunçi malumotlar tarqatiş” kabi holatlar ham javobgarlik asoslari sifatida körsatilgan.
Şuningdek, “ekstremistik va natsistik ramzlarni tarğib qiliş”, nafrat va adovat qözğatiş hamda ommaviy axborot vositalari erkinligini “suiistemol qiliş” ham deportatsiya sabablari qatoriga kiritilgan.
Davlat Dumasi raisi Vyaçeslav Volodin bu çoralarni “migratsiya sohasida tartibni tiklaş”, deb izohlagan. Qonun loyihasi endi ikkinçi va uçinçi öqişlarda körib çiqiladi.
Rossiya sönggi yillarda migratsiya siyosatini sezilarli darajada kuçaytirmoqda. 2024 yilda “Crocus City Hall”dagi terrorçilik harakatidan söng xavfsizlik çoralari yanada qatiylaşgan edi.