Yaqindagina ozodlikka çiqqan Sarkozi yana qamalişi mumkin
16-05-2026, 16:22
124 марта

Yaqindagina ozodlikka çiqqan Sarkozi yana qamalişi mumkin
Frantsiya prokuraturasi sobiq prezident Nikolya Sarkozini yetti yilga qamaşni talab qildi. Bu haqda BFM xabar berdi.Ayblovçilar, şuningdek, unga 300 ming yevro jarima va beş yil davlat lavozimlarida işlaş taqiqini qöllaşni söragan. Sarkozi 2007 yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasi uçun Liviya hukumati tomonidan moliyalaştirilganlikda ayblanmoqda. U esa bu ayblovlarni rad etmoqda.
Malumotlarga köra, agar 30 noyabr kuni apellyatsiya sudi ayblov hukmini çiqarsa, Sarkozi qaror ustidan kassatsiya sudiga şikoyat qiliş huquqini saqlab qoladi.
Sudda Sarkozining yaqin hamkorlari – sobiq mamuriyat rahbari Klod Gean uçun olti yil, sobiq maslahatçisi Bris Ortefyo uçun tört yil qamoq jazosi söralgan.
Tergov versiyasiga köra, Liviya Sarkozi atrofidagilariga 50 million yevrogaça mablağ bergan. Bu esa Frantsiyadagi saylov kampaniyalari uçun ruxsat etilgan limitdan ança yuqori hisoblanadi.
Ayblovçilar fikriça, bu mablağlar evaziga Sarkozi öşa paytda Liviyani boşqargan Muammar Kaddafiyning xalqaro imijini yaxşilaş va mamlakatni diplomatik yakkalikdan çiqarişga yordam berişni vada qilgan.
2025 yil oktyabr oyida Sarkozi qamoqqa olingan va u zamonaviy Frantsiya tarixida qamoq jazosini ötagan birinçi sobiq prezidentga aylangan edi. Keyinroq apellyatsiya sudi uni garov evaziga ozod qilgan.