Tramp dunyodagi “eng faol terrorçi” öldirilganini elon qildi
16-05-2026, 16:30
291 марта

Tramp dunyodagi “eng faol terrorçi” öldirilganini elon qildi
Qöşma Ştatlar va Nigeriya IŞIDning eng faol terrorçisi deb atalgan Abu-Bilol al-Minukini yöq qiliş böyiça qöşma operatsiya ötkazdi. Bu haqda AQŞ Prezidenti Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.“Bugun tunda mening körsatmamga binoan dovyurak Amerika kuçlari va Nigeriya Qurolli kuçlari dunyodagi eng faol terrorçini jang maydonidan yöq qiliş böyiça puxta rejalaştirilgan va öta murakkab missiyani benuqson bajardilar.
“Euronews” malumotlariga köra, al-Minuki 2018 yilda guruhning Ğarbiy Afrikadagi avvalgi rahbari Mamman Nur halok bölganidan keyin mintaqaviy qömondonlardan biriga aylangan. U “aşaddiy radikal jangari” sifatida tavsiflangan, 2023 yildan boşlab esa AQŞ uni rasman terrorçilar röyxatiga kiritgan edi.
IŞIDning global iyerarxiyasida ikkinçi şaxs bölgan Abu-Bilol al-Minuki Afrikada yaşirinib olaman deb öylagandi, biroq u bizning ixtiyorimizda uning har bir qadamidan xabardor qilib turgan manbalar borligini xayoliga ham keltirmagandi. U endi Afrika xalqini terrorga sola olmaydi yoki amerikaliklarga qarşi qaratilgan operatsiyalarni rejalaştirişda yordam bera olmaydi. Uning yöq qilinişi bilan IŞIDning global faoliyati sezilarli darajada zaiflaşdi. Uşbu operatsiyadagi hamkorlik uçun Nigeriya hukumatiga minnatdorlik bildiraman”, deydi Tramp.