Finlyandiya Rossiya biqinida harbiy maşğulot ötkazadi
16-05-2026, 16:34
83 марта

Finlyandiya Rossiya biqinida harbiy maşğulot ötkazadi
Finlyandiya Harbiy-dengiz kuçlari joriy yilning 18-29 may kunlari Fin qöltiğida “Narrow Waters 26-1” maşğulotlarini ötkazadi. Bu haqda mamlakatning Harbiy-dengiz kuçlari saytida xabar berildi.Qayd etilişiça, manevrlar Janubiy Finlyandiyaning qirğoqböyi hududlari va Arxipelag dengizini ham qamrab oladi. Maşğulotlarga jami 3 mingga yaqin harbiy xizmatçi jalb etiladi. Asosiy vazifa – haqiqiy uruş şaroitida harakat qilişga tayyorgarlikni tekşirişdan iborat. Maşq tadbirlari doirasida dengiz va havo uçuvçisiz tizimlaridan (dronlardan) faol foydalaniş rejalaştirilgan.
Fin harbiylariga xorijiy kontingentlar ham qöşiladi: Germaniya Harbiy-dengiz kuçlarining qirğoq yeger rotasi (100 ga yaqin kişi) va AQŞ dengiz piyodalarining taxminan 30 nafar harbiy xizmatçisi.