Avstraliyada 38 yoşli erkak akulaga yem böldi
16-05-2026, 21:23
260 марта

Avstraliyada 38 yoşli erkak akulaga yem böldi
Bugun, 16 may kuni Ğarbiy Avstraliyaning Pert şahri yaqinidagi maşhur dayving va baliq ovlaş hududida 38 yoşli erkak oq akula hujumi oqibatida vafot etdi. Bu haqda şahar politsiyasi mamlakatning ABC News telekanaliga malum qildi.Ğarbiy Avstraliya politsiyasi bayonotiga köra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:00 ga yaqin Rottnest oroli yaqinida, Pert şahri ğarbida sodir bölgan. 38 yoşli jabrlanuvçi qayiq orqali Jopdi Bey köprigi hududiga olib borilgan va u yerda şifokorlar hamda politsiya xodimlari tomonidan birinçi yordam körsatilgan. Biroq u voqea joyida vafot etgan.
“Primary Industries and Regional Development” departamenti AFP agentligiga akula uzunligi tört metr (13 fut) ekanini va uning katta oq akula ekanini tasdiqlagan.
Malumotlarga qaraganda, şunga öxşaş hodisa Ğarbiy Avstraliyada ötgan yil mart oyida kuzatilgan. Öşanda bir erkak Wharton Beaç sohilida syorfing bilan şuğullunuyotganida akula hujumiga uçrab vafot etgan. Yil boşida esa mamlakatning şarqiy sohillari böylab yuz bergan bir qator hujumlar sabab Yangi Janubiy Uelsdagi bir neçta plyajlar yopilgan.
Avstraliya Soğliq va ijtimoiy taminot instituti malumotiga köra, akula hujumlarining aksariyati mamlakatning şarqiy va janubi-şarqiy sohillarida sodir böladi va har yili örtaça 20 ta şunday hodisa qayd etiladi.