Dunyoda ölim jazosi böyiça 44 yillik rekord yangilandi
19-05-2026, 08:22
298 марта

Dunyoda ölim jazosi böyiça 44 yillik rekord yangilandi
Ötgan yili dunyoda ölim jazosi ijrolari soni Amnesty International huquqni himoya qiliş taşkiloti bunday statistikani yuritişni boşlagan 1981 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi. 2025 yilda dunyoning 17 ta davlatida 2707 kişi qatl etilgan. Bu 2024 yildagiga nisbatan 78 foizga köp. Bu haqda taşkilotning “Ölim hukmlari va ijrolari 2025” nomli yillik hisobotida keltirilgan.Amnesty bundan ham yuqori körsatkiçni faqat 1981 yilda qayd etgan – öşanda 3191 ta qatl röyxatga olingan. Bu yilgi ösişning asosiy manbasi Eron bölgan. 2025 yilda uşbu mamlakatda kamida 2159 kişi qatl etilgan, bu bir yil oldingiga nisbatan ikki baravar köp demakdir. Dunyodagi jami qayd etilgan ölim jazolarining qariyb 80 foizi uşbu mamlakat hissasiga töğri keldi. 2025 yil iyun oyida Isroilning Eronga bergan zarbalaridan söng rasmiylar josuslik va Isroil bilan hamkorlik qiliş ayblovlari böyiça qatllarni boşlab yubordi. Uşbu ayblov bilan kamida 11 kişi qatl etildi, vaholanki zarbalarga qadar bu modda böyiça faqat ikki kişi qatl etilgan.
Amnesty vakillarining takidlaşiça, real körsatkiçlar bundan sezilarli darajada yuqori bölişi mumkin, çunki statistika Xitoydagi minglab qatllarni öz içiga olmaydi. Huquq himoyaçilarining baholaşiça, Xitoy ölim hukmlari soni böyiça dunyoda yetakçi bölib qolmoqda. Taşkilot, şuningdek, ölim jazosi qöllanilişda davom etayotgan Şimoliy Koreya va Vetnam böyiça ham işonçli malumotlarni qölga kirita olmagan. 2025 yilda törtta davlat ölim jazosini qöllaşni qayta tikladi: Birlaşgan Arab Amirliklari, Tayvan, Janubiy Sudan va Yaponiya.
“Eron, Yaman, Xitoy, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Şimoliy Koreya, Singapur va AQŞ – uşbu davlatlar guruhi ölim jazosidan qörqitiş, özgaça fikrlovçilarni bostiriş va davlat institutlarining aholining zaif qatlamlari ustidan çeklanmagan hokimiyatini namoyiş etiş vositasi sifatida foydalanmoqda”, deydi Amnesty International boş kotibi Anes Kallamar.Taşkilot malumotlariga köra, Saudiya Arabistonida qatl etilganlar soni asosan giyohvandlikka oid işlar tufayli kamida 356 kişiga yetgan. Quvaytda qatllar soni qariyb uç baravar oşgan – 6 tadan 17 tagaça. Misrda bu körsatkiç 13 tadan 23 taga, Singapurda 9 tadan 17 taga, AQŞda esa 25 tadan 47 taga köpaygan. Qöşma Ştatlar ketma-ket 17 yildan beri qitada ölim jazosi qöllaniladigan yagona davlat bölib qolmoqda. AQŞda hukm ijrosini kutayotgan mahbuslar soni 1948 nafarga yetgan, ulardan 47 nafari ayollardir. Mamlakatdagi jami qatllarning deyarli yarmi – 19 tasi Florida ştatiga töğri keldi, bu mazkur ştat uçun 1972 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir.
Amnesty International qatllar soni ortişining asosiy omillaridan biri sifatida giyohvandlikka qarşi kuraş doirasida öta qattiq çoralarga qaytilganini körsatmoqda. Barça malum bölgan qatllarning qariyb yarmi (1257 tasi) aynan şu turdagi jinoyatlar uçun ijro etilgan. Bunday qatllarning asosiy qismi Xitoy, Eron, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Singapurda qayd etilgan. Jazoir, Quvayt va Maldiv orollari giyohvandlik işlari böyiça ölim jazosini qöllaşni kengaytiruvçi qonunlarni joriy qilgan.
Yevropa va Markaziy Osiyoda Amnesty International birorta ham yangi ölim hukmi yoki qatlni qayd etmagan. Ötgan yil Aleksandr Lukaşenko 1994 yilda hokimiyatga kelganidan beri Belarusda huquq himoyaçilari tomonidan birorta ham yangi ölim hukmi yoki qatl holati röyxatga olinmagan birinçi yil bölgan. Şunga qaramay, Amnesty mamlakat rasmiylari ölim hukmlarini qatiy sir saqlagan holda ijro etişda davom etayotganini takidlaydi. Hukmlari Oliy sud tomonidan 2020 va 2024 yillarda tasdiqlangan kamida ikki nafar mahkumning taqdiri nomalumligiça qolmoqda.
“Faqat insonparvar va inson huquqlariga asoslangan sudlov tizimlarigina haqiqiy adolatni taminlaşga qodir”, deydi BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Tyurk.Amnesty International 1977 yilda ölim jazosiga qarşi kampaniyasini boşlaganida, bu jazo turi faqat 16 ta davlatda töliq bekor qilingan. Hozirda esa dunyo mamlakatlarining uçdan ikki qismidan köproği undan qonunan voz keçgan yoki amaliyotda qöllaşni töxtatgan.
“Hanuzgaça ölim jazosini qöllab kelayotgan davlatlar uçun butun dunyodan örnak oladigan va bu vahşiyona amaliyotni tarixda qoldiradigan vaqt keldi”, deydi Kallamar.