AQŞdagi masjidda ösmirlar terakt uyuştirdi. Qurbonlar bor
19-05-2026, 09:17
157 марта

AQŞdagi masjidda ösmirlar terakt uyuştirdi. Qurbonlar bor
AQŞning Kaliforniya ştatidagi San-Diyego okrugidagi masjidga hujum uyuştirildi va oqibatda uç nafar erkak halok böldi. Bu haqda NBC News xabar berdi.Malumotlarga köra, hujumni amalga oşirganlikda gumonlanayotgan 17 va 18 yoşli ikki ösmir voqeadan keyin masjiddan bir neça kvartal naridagi avtomaşina içida öz joniga qasd qilgan.
Hodisa nafrat asosida sodir etilgan jinoyat sifatida tergov qilinmoqda.
Öqqa tutilganlardan biri masjid qöriqçisi bölgan. Politsiya fikriça, u “yanada kattaroq hujumning oldini olişda hal qiluvçi rol” öynagan.
Matbuot anjumanida malum qilinişiça, voqeadan bir oz oldin ösmirlardan birining onasi politsiyaga murojaat qilib, öğli, bir neçta qurol va avtomaşinasi yöqolganini bildirgan.
Hodisaga AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham munosabat bildirib, otişmani “dahşatli holat” deb atagan va hodisadan çuqur qayğuda ekanini aytgan.
Şatat gubernatori Gevin Nyusom halok bölganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.