AQŞ, Grenlandiya va Daniya tört oydan beri orol kelajagi böyiça maxfiy muzokaralar ötkazmoqda — NYT
19-05-2026, 09:19
86 марта

AQŞ, Grenlandiya va Daniya tört oydan beri orol kelajagi böyiça maxfiy muzokaralar ötkazmoqda — NYT
Biroq AQŞ tomonidan qöyilayotgan şartlar Grenlandiya rasmiylarini xavotirga solmoqda. Orol yetakçilari Erondagi uruş tugasa, Tramp bor etiborini yana ularga qaratişidan qörqmoqda. Hatto xavfli sana sifatida Trampning tuğilgan kuni — 14 iyun belgilab qöyilgan. Bu haqda The New York Times suriştiruv ötkazdi.
Naşr muzokaralarning bazi maxfiy tafsilotlarini aniqladi. Unga köra, AQŞ amaldagi kelişuvni özgartirib, Grenlandiya mustaqil bölgan taqdirda ham, Amerika qöşinlarining orolda muddatsiz qolişini taminlamoqçi. Grenlandiyaliklarga bu “muddatsiz band” yoqmayapti.
AQŞ orolning muz ostidagi neft, uran va nodir metallarini közlamoqda. Pentagon Narsarsuaq şahridagi aeroport va portni közdan keçirib, harbiy obektlarni kengaytirişni boşlab yubordi.
AQŞ davlat kotibi maslahatçisi Maykl Nidhem boşçilik qilayotgan guruh qatiy pozitsiyada turibdi. Davlat kotibi yordamçisi Dilan Jonson Trampning xavotirlari barça uçun munozarasiz ekanini va muammolar kelajakka qoldirilmasligini aytdi.
Arktika uçun geosiyosiy kuraş
Pentagon Şimoliy qömondonligi rahbari general Gregori M. Gilyotning tuşuntirişiça, iqlim özgarişi sababli muzlar erişi Arktikada raqobatni kuçaytirdi. AQŞ Grenlandiyani Alyaska va Kanadadagi obektlar bilan boğlovçi radar stantsiyalari zanjiriga aylantirmoqçi. Buning uçun amerikaliklarga çuqur suv porti va maxsus kuçlar bazasi kerak. Gilyot buni 1951-yildagi AQŞ—Daniya mudofaa pakti orqali hal qilmoqçi.
Grenlandiya parlamenti azosi Yustus Hansen agar AQŞ hamma şartlariga erişsa, haqiqiy mustaqillik haqida gap ham bölişi mumkin emasligini aytdi:
“Undan köra bayroğimizni yarimigaça kötarib qöya qolganimiz maqul”, dedi u.