USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uruşdan keyin ekilgan daraxtlar Yaponiya uçun jiddiy muammoga aylandi

51 марта

Uruşdan keyin ekilgan daraxtlar Yaponiya uçun jiddiy muammoga aylandi

Yaponiyada aholining qariyb 43 foizi mavsumiy allergiyadan aziyat çekmoqda va mutaxassislar bunga sabab sifatida Ikkinçi jahon uruşidan keyin amalga oşirilgan ommaviy daraxt ekiş siyosatini körsatmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

1950-1960 yillarda hukumat mamlakat böylab asosan ikki turdagi daraxt – yapon sadri “sugi” va yapon sarvi “xinoki”ni keng miqyosda ekkan. Bugunga kelib aynan şu daraxtlar havoga juda katta miqdorda çang tarqatib, millionlab odamlar salomatligiga tasir qilmoqda.

Har bahor Yaponiya köçalarida niqob taqib yurgan odamlarni köriş odatiy holga aylangan. Bunga sabab “piçan isitmasi” deb ataladigan mavsumiy allergiya bölib, u köz yoşlanişi, burun oqişi, yötal, uyqusizlik va diqqat pasayişiga olib keladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra, allergiya mavsumida iqtisodiy zarar kuniga 1,6 milliard dollargaça yetadi.
Öşa paytda bu qaror iqtisodiy va ekologik jihatdan töğri yeçimdek köringan. Çunki uruşdan keyin Yaponiya örmonlaridagi daraxtlarning köp qismi kesib yuborilgan, toğlar yalanğoç holga kelib, köçki va suv toşqinlari xavfi kuçaygan. Hukumat esa tez ösadigan daraxtlarni ekib, bir vaqtning özida ham tabiatni tiklaşni, ham kelajak uçun yoğoç zaxirasini yaratişni maqsad qilgan.
Bugungi kunda “sugi” va “xinoki” plantatsiyalari Yaponiyaning qariyb beşdan bir qismini egallaydi. Eng muhim jihati şundaki, bu daraxtlar 30 yoşdan oşgaç yanada köproq çang çiqaradi. Hozir esa uruşdan keyin ekilgan daraxtlarning aksariyati aynan eng faol çang çiqaradigan yoşga yetgan.
Har bahor “sugi” va “xinoki” daraxtlari havoga juda katta miqdorda çang çiqaradi. Şamol bu çanglarni şaharlargaça olib boradi va millionlab odamlar salomatligiga tasir qiladi. Allergiya nafaqat noqulaylik tuğdiradi, balki uyqusizlik, diqqat pasayişi, iş unumdorligining kamayişi, astma va boşqa kasalliklarni ham kuçaytiradi. Kasallik sabab işga çiqolmaslik, dori xarajatlari va istemol faolligining pasayişi mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy tasir körsatmoqda.
Har bahor mamlakat deyarli “çang buluti” ostida qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim videolarda örmonlardan tutunga öxşaş oq bulutlar kötarilayotgani körinadi. Aslida esa bu daraxt çangi.
2023 yilda Yaponiya hukumati allergiyani “milliy ijtimoiy muammo” deb elon qilgan. Rasmiylar 30 yil içida havodagi çang miqdorini ikki baravar kamaytirişni rejalaştirmoqda. Buning uçun eski “sugi” örmonlarini qisqartiriş, kam çang çiqaradigan yangi köçatlar ekiş, ayrim hududlarda tabiiy keng bargli örmonlarni tiklaş, çang tarqalişini kuzatuvçi texnologiyalarni joriy qiliş hamda allergiyaga qarşi yangi davolaş usullarini işlab çiqiş rejalaştirilgan. Ammo bu juda murakkab va uzoq jarayon.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: