USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya qirğiz darsliklaridagi “mustamlaka” atamasidan voz keçişni talab qildi

128 марта

Rossiya qirğiz darsliklaridagi “mustamlaka” atamasidan voz keçişni talab qildi

Moskvada Qirğizistonning tarix darsliklari tanqid qilindi va respublika “mustamlaka” atamasidan voz keçişga çaqirildi. Çunki u Rossiyaning SSSRdagi roli atrofida “salbiy mano (konnotatsiya)” keltirib çiqarmoqda. Bu boradagi bahs Rossiya harbiy-tarixiy jamiyatida bölib ötgan ekspert-konsultativ kengaşi yiğilişida yuzaga kelgan. Bu haqda RBK xabar berdi.


Rossiya Fanlar akademiyasi (RFA) Şarqşunoslik instituti ilmiy xodimi Andrey Bikovning aytişiça, qirğiz maktablarining 8-, 9- va 11-sinf darsliklarida köplab “faktologik xatolar” mavjud va “aslida bölmagan narsalar köp yozilgan”. Institut direktori Alikber Alikberov esa Rossiya hanuzgaça “xalqlar qamoqxonasi” sifatida talqin qilinayotganidan şikoyat qilgan.
Sovet davriga berilgan baholardagi farqlarga alohida etibor qaratilgan. Rossiya vakillari mamlakat içki darsliklarida “SSSRning buyukligi aks etişini” qayd etgan bölsa, qirğiz darsliklarida respublikaning Ittifoq tarkibida bölgan davrida milliy manfaatlar kamsitilgani haqida söz borişini aytgan.
RFA azolarining eng katta noroziligiga Rossiyaga nisbatan “kolonializm” (mustamlakaçilik) atamasining qöllanilişi sabab bölgan. Bikov bunday tanlovni “şunçaki modaga beriliş” deb atagan va unga boşqa muqobil söz topişni taklif qilgan. Uning fikriça, “kolonializm” sözi örniga “administratsiya” (mamuriyat) sözini işlatiş mumkin – şunda tarixiy voqealar “rangi va tusini darhol özgartiradi” hamda salbiy böyoq yöqoladi.
Bunga javoban Qirğiziston Milliy fanlar akademiyasi Tarix, arxeologiya va etnologiya instituti direktori Abilabek Asankanov Rossiya tomoni “öta murakkab vazifa” qöyganini bildirgan. U kolonializm tuşunçasi qaram xalqlarda tölaqonli mustaqillik mavjud bölmagan şaroitda ularning hududi, tabiiy boyliklari va mehnatidan foydalanişni anglatişini eslatib ötgan.
“Bu atamadan voz keçişga juda qiynalamiz”, deydi Asankanov.
Şuningdek, u fojiali voqealar atrofida siyosiy manfaatlar yölida bahs yuritmaslikka (spekulyatsiya qilmaslikka) hamda ularni mafkuralaştirmaslikka çaqirgan.
Qayd etiş joiz, Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati raisi va Rossiya Prezidenti yordamçisi Vladimir Medinskiy ham avvalroq Rossiyani “ezuvçi imperiya” sifatida körsatuvçi talqinlarga qarşi çiqqan edi. U sobiq SSSR respublikalarini “soxta duşmanlar öylab topişda” va tarixni qayta yozişda ayblagan.
“Biz u yerlarga marifat, yangi texnologiyalar, yangi ijtimoiy munosabatlarni olib borgan va qullikni tugatgan bölsak, bu qanday qilib sovet imperializmi bölsin?” deya norozilik bildirgan edi Medinskiy.
Bu Rossiyaning qöşni davlatlardagi darsliklar mazmuniga tasir ötkazişga urinişi bilan boğliq birinçi holat emas. 2024 yilda xuddi şunday etirozlar Armanistonga nisbatan ham bildirilgan. Rossiya TIV Armaniston tarix darsligidagi 1826–1828 yillardagi Rus-Eron uruşi haqidagi bobni tanqid qilgan, unda Turkmançay tinçlik şartnomasi “anneksiya” (bosib oliş) deb atalgan.
“Rossiya imperiyasi, keyinçalik SSSR va Rossiyaning hozirgi Armaniston davlati şakllanişidagi alohida rolini şubha ostiga qöyiş – umumetirof etilgan faktlarga qarşi çiqiş demakdir”, deya takidlagan öşanda Rossiya TIV va bunday darslikning maktablarga tarqatilişiga yöl qöymaslikka çaqirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: