Putin Yevropa yetakçilarini “çöçqalar” deb atadi
18-12-2025, 21:10
110 марта

Putin Yevropa yetakçilarini “çöçqalar” deb atadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligining yillik kengaytirilgan yiğilişida Yevropalik siyosatçilarini keskin tanqid qilib, agar tinçlik muzokaralari böyiça AQŞ takliflari qabul qilinmasa, Rossiya Ukrainaning yana boşqa hududlarni kuç bilan egallaşini malum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Putin öz nutqida Rossiya qöşinlari barça frontlarda olğa borayotganini takidladi. Uning sözlariga köra, Moskva öz maqsadlariga yo diplomatiya, yo harbiy kuç orqali erişadi.
“Agar qarşi tomon va ularning xorijiy homiylari muzokaralardan boş tortsa, Rossiya özining tarixiy yerlarini ozod qilişga harbiy yöl bilan erişadi”, dedi Rossiya rahbari.
Rossiyaning takidlaşiça, mamlakat hozirda Ukraina hududining taxminan 19 foizini, jumladan, Qrim, Donbassning katta qismi hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini nazorat qilmoqda. Kiyev va xalqaro hamjamiyatning aksariyat bu davoni rad etadi.
Yevropa yetakçilariga nisbatan haqorat
Rossiya prezidenti Yevropa siyosatçilarini muzokaralardan boş tortayotganlikda ayblab, ularni “yoş çöçqalar” deb atadi. U Yevropada Rossiya göyoki NATO davlatlariga hujum qilişi haqida vasvasa kötarilayotganini safsata deb atadi.
“Men bir neça bor aytganman: bu yolğon, safsata, Yevropa davlatlariga qandaydir xayoliy Rossiya tahdidi haqidagi mutlaq bemanilikdir. Ammo bu qasddan qilinmoqda”, deya qöşimça qildi Putin.
2026-yilgi rejalar: Uruş surati oşiriladi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov yiğilişda 2026 yil uçun asosiy vazifa hujum suratini oşiriş ekanini malum qildi.
Taqdim etilgan malumotlarga köra, 2025-yilda Rossiya uruş uçun yalpi içki mahsulotning 5,1 foizini sarflamoqda.
Belousovning takidlaşiça, Yevropa davlatlari uruşni tugatişga qaratilgan urinişlarga tösqinlik qilmoqda va bu harbiy harakatlarning 2026-yilda ham davom etişi uçun zamin yaratmoqda.