Rossiya Mirnogradni egallamoqçi
9-12-2025, 20:10
270 марта

Rossiya Mirnogradni egallamoqçi
Rossiya armiyasi Mirnograd şahri yaqinida Ukraina bölinmalarini qurşab olişga urinyapti. Bu haqda bugun, 9 dekabr kuni Rossiya Boş ştab rahbari Valeriy Gerasimov malum qildi.Uning aytişiça, Rossiya qöşinlari Ukrainadagi butun front çiziği böylab oldinga siljigan. Ukraina esa bu bayonotni inkor etdi va hududni bermaslikka vada berdi.
Gerasimov 46 ming kişilik aholi istiqomat qiladigan Mirnograd şahrida Ukraina qöşinlarini mağlub etişga buyruq berganini aytgan. Uning qöşimça qilişiça, Rossiya Mirnograddagi binolarning 30 foizdan ortiğini nazoratga olgan.
Şu bilan birga, Ukraina Rossiyaning Pokrovsk qulagani haqidagi davolarini bir neça bor rad etib, harbiylar şaharning bir qismini uşlab turişda davom etayotganini va Mirnogradda rossiyaliklarga qarşi kuraşayotganini aytdi.
Rossiya hozirda Ukrainaning 19,2 foizini, jumladan, 2014 yilda anneksiya qilgan Qrim, Lugansk va Donetskning 80 foizdan ortiğini, Xerson va Zaporojening qariyb 75 foizini, Xarkov, Sumi, Nikolayev va Dnepropetrovsk viloyatlarining ayrim hududlarini nazorat qiladi.
Putin ötgan hafta Ukraina qöşinlari çekinmasa, Rossiya Ukrainaning Donbass mintaqasini kuç bilan töliq nazorat ostiga olişini aytgandi. Kiyev