USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya 2 şaharni egallaganini davo qildi, Ukraina buni inkor etmoqda

98 марта

Rossiya 2 şaharni egallaganini davo qildi, Ukraina buni inkor etmoqda

Rossiya qöşinlari Ukrainaning Donetsk va Xarkov viloyatlarida joylaşgan Pokrovsk va Volçansk şaharlarini egallagan. Bu haqda Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov 30 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi Rossiya qöşinlarining Birlaşgan guruh qömondonligi punktiga taşrifi çoğida hisobot bergan. 

Gerasimovning hisoboti haqidagi malumotni Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov 1 dekabr kuni elon qildi.

Kreml saytida qayd etilişiça, “Markaz” va “Şarq” harbiy guruhlari qömondonlari Valeriy Solodçuk va Andrey Ivanayev Putinga Donetsk viloyatidagi Mirnograd şahrining janubiy qismi nazoratga olingani va Zaporoje viloyatidagi Gulyaypole şahrini egallaş operatsiyasi boşlangani haqida ham malumot bergan.
Şu bilan birga, Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi kundalik keçki hisobotida Pokrovsk yönalişida janglar hali ham davom etayotganini bildirdi.
“Kun davomida Pokrovsk yönalişida duşman Novoye Şaxovo, Dorojnoye, Nikanorovka, Belitskoye, Şaxovo, Rodinskoye, Mirnograd, Novoekonomiçeskoye, Rovno, Pokrovsk, Zverovoye, Kotlino, Udaçnoye, Molodetskoye, Novopodgorodnoye, Filiya aholi punkti yaqinlarida va Grişino yönalişida 49 ta şturm va hujum amalga oşirdi. Hozirda janglar beşta lokatsiyada davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Hisobotda Volçansk atrofidagi janglar ham tilga olingan. Ukraina qöşinlarining yangi pozitsiyalarga çekinişi haqida esa malumot berilmagan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan Parijdagi uçraşuvdan söng 1 dekabr kuni Pokrovsk va Volçansk egallangani haqidagi Rossiya bayonotlarini rad etdi. Şu bilan birga, u Pokrovskdagi va boşqa yönalişlardagi vaziyat “muşkulligiça qolmoqda”, deb takidladi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi rahbari Andrey Kovalenko Rossiya tomonining bu bayonotlarini “Ğarb auditoriyasi uçun diplomatik bosimni oşiriş” deb atadi. Kovalenkoga köra, Volçansk hali ham Ukraina Qurolli kuçlari nazoratida, xuddi Xarkov viloyatidagi Kupyansk şahri kabi. Gerasimov oldinroq Kupyansk “egallangani” haqida ham Putinga hisobot bergan edi.
OSINT-loyihalarining front çiziqlaridagi özgarişlarni kuzatiş xaritalariga köra, Volçansk ham, Pokrovsk ham Rossiya armiyasi tomonidan töliq egallanmagan. Biroq Ukrainadagi OSINT-loyihasi DeepState avvalroq Rossiya qöşinlarining Ukraina hududlarini egallaş surati tezlaşganini xabar qilgan edi.

Ularning malumotlariga köra, noyabr oyi boşlarida Rossiya qöşinlari bir haftaga yetmas vaqtda Ukrainada 134 kvadrat kilometr hududni egallagan – bu oktyabr oyidagi körsatkiçdan ikki barobar köp.
AQŞning Uruşni örganiş instituti (ISW) baholaşiça, Pokrovsk yönalişida Rossiya qöşinlarining ilgarilaşiga asosiy omil – Ukraina armiyasi logistikasini dronlar yordamida bir neça oy davomida izdan çiqariş strategiyasi bölgan. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: