Pokrovsk va Mirnograd qulaş arafasida: u yerdagi vaziyat Ukraina uçun qançalik oğir?
1-11-2025, 06:53
115 марта

Ayrim harbiy tahlilçilar bu aholi punktlari bir-ikki oy içida işğol qilinişini taxmin qilişmoqda. Biroq, Ukraina qurolli kuçlari 2025 yil boşida qöşimça kuçlar olib kelib, duşmanni Pokrovsk atrofidan çekintirişga muvaffaq bölgandi.
Şu yilning yozida va kuz boşida Rossiya qöşinlari taktikani özgartirdi va yirik mexanizatsiyalaşgan kuçlar bilan şturm qiliş örniga kiçik piyoda guruhlari Ukraina mudofaa tizimlarini yorib ötib, front ortida töplana boşladi. Ular bunday hududlarda ukrain harbiylariga hujum qilib, pozitsiyalarini tortib olişdi.
Ukraina qurolli kuçlaridagi piyodalarning keskin tanqisligi şaroitida bu taktika oxir-oqibat öz samarasini berdi. Oktyabr oyi oxiridagi holatga köra, rossiyaliklar Ukraina qurolli kuçlarining uşbu uçastkadagi logistikasini imkon qadar murakkablaştirişga va hatto Pokrovskning ayrim hududlarini nazorat ostiga olişga muvaffaq böldi.
Şu bilan birga, rasmiy malumotlarga köra, bombalar va dronlarning halokatli zarbalari natijasida deyarli vayron bölgan şaharda hali ham 1,2 mingga yaqin tinç aholi vakillari qolmoqda.
Qurşov bormi yoki yöq?
«2- va 51-armiyalarning qöşilmalari va harbiy qismlari bir-biriga qarab harakatlanib, Krasnoarmeysk va Dimitrov (Rossiya hukumati Pokrovsk va Mirnogradni şunday ataydi) hududida duşmanni qurşab olişni yakunladi. Ukraina qurolli kuçlarining yirik guruhi bloklandi», – dedi 26 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga hisobot beriş çoğida.
Gerasimovning sözlariga köra, Ukraina qurolli kuçlarining 31 ta batalyoni qurşovda qolgan. Rossiya mudofaa vazirligi aniqlik kiritişiça, bu taxminan 5,5 ming harbiy xizmatçidir.
Pokrovsk «qurşovi» haqidagi sözlarni Putin 29 oktyabr kuni yana bir bor takrorlab, bir neça soatlik sukunat rejimini elon qiliş va xorijiy jurnalistlar guruhlarini Pokrovskka yuboriş ğoyasini bildirdi – şunda ular vaziyatni özlari baholaşi mumkin böladi.

Qayd etiş kerakki, Pokrovsk va Mirnogradning töliq qurşab olingani haqidagi bayonotlar hatto rossiyalik harbiy blogerlar orasida ham şubha bilan qabul qilindi.
Masalan, rossiyalik propagandaçi Semyon Pegovning WarGonzo loyihasi har kuni elon qiladigan harbiy harakatlar xaritalaridan köriş mumkinki, 29 oktyabr holatiga köra, RF armiyasi Rodinskoye, Krasniy Liman va Grişino qişloqlari yaqinidagi front uçastkasini yopmagan. Bular Pokrovsk va Mirnograd çekkalaridagi aholi yaşaş punktlari bölib, ular orqali ötgan yöllar hozirça Ukraina qöşinlari nazoratidagi yöllardir.