USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy Rossiya harbiylarini yaşirin tarzda tayyorlagan – OAV

141 марта

Xitoy Rossiya harbiylarini yaşirin tarzda tayyorlagan – OAV

Xitoy 2025 yil oxirida yaşirin ravişda qariyb 200 nafar rossiyalik harbiyni öz hududida tayyorlagan. Ularning ayrimlari keyinçalik Ukrainadagi jangovar harakatlarga qaytgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Rossiya–Xitoy örtasidagi ikki tilli kelişuv hujjatida aytilişiça, 2025 yil 2 iyul kuni Pekinda imzolangan bitimga muvofiq, rossiyalik harbiylar Pekin va Nankin şaharlaridagi harbiy bazalarda tayyorgarlikdan ötgan. Şuningdek, hujjatda yuzlab xitoylik harbiylarning ham Rossiyadagi bazalarda tayyorlanişi közda tutilgani qayd etilgan. Razvedka manbalariga köra, rossiyalik harbiylar dronlar, elektron uruş, armiya aviatsiyasi va zirhli piyoda bölinmalari yönalişlarida tayyorlangan. Kelişuv şartlariga binoan, uşbu maşğulotlar haqida ommaviy axborot vositalarida yoritiş taqiqlangan va uçinçi tomonlarga malumot bermaslik kerak bölgan.


Yevropa razvedkasi vakillaridan birining aytişiça, Xitoy rossiyalik harbiylarni tayyorlayotgani Pekinning Ukrainadagi uruşga avval öylanganidan köra köproq aralaşayotganini körsatadi. Rossiya va Xitoy Mudofaa vazirliklari mazkur malumotlarga izoh bermagan.

Xitoy Taşqi işlar vazirligi bayonotida Pekin Ukraina mojarosi yuzasidan “obektiv va xolis pozitsiya”ni saqlab kelayotganini hamda tinçlik muzokaralarini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Malum qilinişiça, xitoylik harbiylarning Rossiyaga tayyorgarlik uçun yuborilişi kamida 2024 yildan beri davom etmoqda. Biroq rossiyalik harbiylarning Xitoy hududida tayyorlangani haqidagi malumot ilk bor paydo bölmoqda.

Içki harbiy hisobotlarda rossiyalik harbiylar uçun ötkazilgan törtta maşğulot tafsilotlari ham keltirilgan. Ulardan biri Şitszyaçjuan şahridagi akademiyada bölib ötgan bölib, unda 82 millimetrlik minomyotlardan öq uziş va dronlar yordamida nişonlarni aniqlaş maşq qilingan. Yana bir maşğulotda havo hujumidan mudofaa tizimlari, elektron kuraş vositalari, dronlarga qarşi tör uloqtiruvçi qurilmalar hamda FPV dronlardan foydalaniş böyiça tayyorgarlik ötkazilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: