Xitoy Eronga yordam berişga tayyorlanmoqda – AQŞ razvedkasi
9-03-2026, 23:08
267 марта

Xitoy Eronga yordam berişga tayyorlanmoqda – AQŞ razvedkasi
AQŞda Xitoy Eronga moliyaviy yordam körsatiş, şuningdek, raketalar uçun ehtiyot qismlar va komponentlar yetkazib berişga tayyorgarlik körayotgani haqida razvedka malumotlari mavjud. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib CNN xabar berdi.“The Waşington Post” manbalariga köra, ikki davlat örtasidagi yaqin aloqalarga qaramay, Xitoy hozirça Eronga yordam bermayapti.
“Reuters” 5 mart kuni Xitoy Eron bilan Hormuz böğozi orqali neft tankerlari va Qatar suyultirilgan tabiiy gazi ortilgan kemalarning xavfsiz ötişini taminlaş böyiça muzokaralar olib borayotganini xabar qilgan. Naşr manbalariga köra, öz neftining qariyb 45 foizini uşbu böğoz orqali import qiladigan Pekin Tehrondan tankerlar uçun xavfsiz yölak talab qilmoqda.
“The Waşington Post” naşrining yozişiça, Rossiya Eronga Yaqin Şarq mamlakatlaridagi Amerika harbiy obektlariga zarba beriş uçun malumotlar taqdim etmoqda. Naşr manbalariga köra, Rossiya tomonidan berilgan malumotlar Amerika kemalari va samolyotlari haqidagi axborotni öz içiga oladi. Rossiya yordami kölami hozirgi bosqiçda töliq aniq emas.