USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy Rossiyaga maxfiy ravişda taqiqlangan tovar sotmoqda – OAV

131 марта

Xitoy Rossiyaga maxfiy ravişda taqiqlangan tovar sotmoqda – OAV

Xitoy sanktsiya çoralariga qaramay, Rossiyaga yaşirin ravişda harbiy dronlar uçun dvigatel yetkazib berişda davom etmoqda.
Reuters agentligi öz manbalariga tayanib xabar berişiça, Rossiya Xitoy dvigatellari yordamida “Garpiya-A1” rusumli kamikadze dronlarni işlab çiqarmoqda.

Sanktsiyalardan qoçiş maqsadida dvigatellar soxta kompaniyalar orqali “canoat muzlatkiçlari uçun ehtiyot qism” sifatida sotilmoqda.
Xitoy dvigatellari örnatilgan dronlar Rossiyaning “Almaz-Antey” davlat kontserni nazoratidagi “Kupol” elektromexanika zavodida işlab çiqarilmoqda.

Reuters agentligiga köra, Ijevsk şahrida faoliyat yuritib kelayotgan uşbu zavod 2024 yil oktyabr oyida AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan sanktsiyaga qaramay, Xitoy kömagida işlab çiqariş hajmini oşirişga muvaffaq bölgan.

“Kupol” zavodi Rossiya mudofaa vazirligi bilan 6000 dona dron yetkaziş böyiça şartnoma imzolagan. Aprel oyida 1500 ta dron yetkazib berilgan. Uşbu zavod 2024 yil mobaynida Rossiya armiyasi 2000 dona uçuvçisiz jangovar qurilma tayyorlagan bölib, ular Ukraina uruşida qöllangan.

Ötgan yil sentyabr oyida “Kupol” zavodi Xitoyning “Xiamen Limbaç Aviation Engine” kompaniyasi dvigatellari yordamida “Garpiya” rusumli dronlar işlab çiqarayotgani xabar qilingan edi. Bir oy ötib, Vaşington va Bryussel Rossiyaga dron işlab çiqarişda kömak berayotgan bir qator şirkatlar, jumladan, “Xiamen Limbaç Aviation Engine”ga moliyaviy çeklov joriy etgan edi.

Sanktsiyadan keyin Xitoyning boşqa şirkati (“Beijing Xiçao International Teçnology and Trade”) Rossiyaga taqiqlangan tovarni yetkazib kelayotgani aytilmoqda.

Xitoy taşqi işlar vazirligi Reuters söroviga javoban Rossiya dronlari uçun detallar eksport qilinayotganidan bexabar ekani, Pekin xalqaro majburiyatlariga binoan sanktsiyaga tuşgan tovarlarni yetkaziş jarayonini nazorat qilişini bildirgan.

Xitoyning Rossiyaga harbiy jabhada ehtimoliy kömagi masalasi köpdan buyon muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Bloomberg agentligi Pekin Moskvaga harbiy nişonlar uçun razvedka malumotlari, harbiy sanoat uçun mikroelektronika, tank işlab çiqariş uçun kerakli dastgohlar va raketa yonilğisi yetkazayotgani haqida tahliliy material çop etgandi.
Xitoy rasmiylari na Rossiya, na Ukrainaga qurol sotmasligi, bu borada mamlakat betaraf maqomda ekanini takidlagan.

Uruş tufayli katta siyosiy va iqtisodiy bosimga uçragan Rossiya rahbariyati Xitoy kömagi va dastagiga umid qilmoqda. Ammo hozirgi vaziyatda “ayiq” va “panda” örtasida kuçlar nisbati teng emas. Bu esa Pekinga Moskva oldiga yanada köproq şartlar qöyiş imkonini berayotgani aytilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, uruşning ilk oylaridayoq özbekistonlik iqtisodçi, Viskonsin universiteti biznes maktabi doktoranti Behzod Hoşimov sanktsiyalar ortidan Rossiyaning Xitoyga qaramligi ortişini başorat qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: