Xitoy Rossiyaga Ukrainadagi uruş uçun dronlar bilan yordam bermoqda – “Bloomberg”
10-07-2025, 00:50
125 марта

Xitoy Rossiyaga Ukrainadagi uruş uçun dronlar bilan yordam bermoqda – “Bloomberg”
Rossiya bilan hamkorlikni rasman tan olmagan Xitoy kompaniyalari tufayli rasmiy Moskva Ukrainadagi uruş uçun dron imkoniyatlarini keskin oşirdi. Bu haqda Rossiyaning Aero-HIT kompaniyasining içki hujjatlari va Rossiya rasmiylari bilan yozişmalarini örganib çiqqan tergov hujjatiga tayanib “Bloomberg” xabar berdi.Naşr malumotlariga köra, 2023 yilning boşidan beri Xitoyning eng yirik dron işlab çiqaruvçilaridan biri bölgan Autel Robotics Xabarovskdagi Rossiyaning Aero-HIT zavodiga Autel EVO Max 4T dronining uskunalarini yetkazib bermoqda. U 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqinidan söng Xitoy firmalari bilan hamkorlik qilişni boşlagan. Mazkur korxona davlat tomonidan moliyalaştiriladi.
2025 yilning yakunigaça kompaniya oyiga 10 mingtagaça dron işlab çiqarişi mumkinligini aytdi va işlab çiqarişni yanada ilğor modellarga kengaytirişni rejalaştirmoqda.
“Ikkala kompaniya örtasidagi aloqalar sanktsiyalar sababli qisqa muddatga uzilgan bölsa-da, 2024 yilning oxirida qayta tiklangan va 2025 yilning may oyidan boşlab dron işlab çiqarişni mahalliylaştiriş böyiça muzokaralar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Aero-HIT arsenalining asosini dastlab fuqarolik maqsadlarida foydalaniş uçun möljallangan Xitoyning Autel EVO Max 4T droni asosida yaratilgan FPV Veles droni taşkil etadi. Elektron uruşga çidamliligi tufayli u jang maydonida samarali ekanini isbotlagan.
Bitta dronning narxi QQS bilan hisoblaganda Rossiyada 650 ming rublni taşkil qiladi.
2024 yilning iyun oyida Aero-HIT AQŞ Moliya vazirligining sanktsiyalar röyxatiga qöşildi, çunki uning uçuvçisiz uçoqlari rus qöşinlari tomonidan bosib olingan Xersonda işlatilgan.
Sanktsiyalarni çetlab ötiş uçun Rossiya boşqa sohalardagi, xususan, agrobiznes, logistika va umumiy ovqatlaniş sohalaridagi qobiq kompaniyalaridan faol foydalanmoqda.
Xitoy rasman uruşda heç bir tomonga qurol yetkazib bermayotganini aytsa-da, hujjatlarda Xitoy harbiylari bilan yaqindan hamkorlik qiluvçi va AQŞ sanktsiyalari ostida bölgan Xitoy universiteti – Harbin Institute of Teçnology (HIT) muhandislari iştirok etgani körsatilgan.
2024 yilda Vladimir Putin Xitoyga taşrifi davomida HIT’ga taşrif buyurdi. Şundan söng, HIT bilan Xabarovsk aeroporti va uşbu havo bandargohini boşqaradigan, sobiq KGB zobiti va bosib olingan Xersondan rossiyalik senator Konstantin Basyukka tegişli bölgan Komax kompaniyasi örtasida hamkorlik faollaşdi.
2023 yilning oxiriga kelib Xabarovsk zavodi oyiga 200-300 ta dron işlab çiqara boşlagan edi. 2024 yilning mart oyida Rossiya Mudofaa vazirligi 5000 ta Veles FPV dronlariga buyurtma berişni rejalaştirgan edi.