AQŞ harbiy kemalarini lazer qurollar bilan jihozladi
21-05-2026, 15:29
49 марта

AQŞ harbiy kemalarini lazer qurollar bilan jihozladi
AQŞ harbiy-dengiz kuçlari lazer qurollari bilan jihozlangan esminetslar sonini oşirmoqda. Pentagon hozirga qadar 9 ta “Arleigh Burke” turidagi harbiy kemaga lazer tizimlarini örnatdi. Bu haqda “The War Zone” xabar berdi.Qayd etilişiça, lazer tizimlari örnatilgan kemalar orasida Yaqin Şarqda xizmat qilayotgan “USS Spruance va USS John Finn” (jangovar tizim bilan jihozlangan va boşqariladigan raketalar) esminetslari ham bor. Uşbu kemalar hozirda Eron bilan boğliq harbiy operatsiyalar hududida harakatlanmoqda.
AQŞ armiyasi sönggi yillarda qimmat raketalarga qaramlikni kamaytirişga urinyapti. Qizil dengizdagi husiylar hujumlari, Eron bilan boğliq keskinlik hamda Ukrainadagi uruş Pentagonni arzonroq va qayta foydalaniş mumkin bölgan qurollarga sarmoya kiritişga majbur qilgan.
Esminetslarga örnatilgan ODIN lazer tizimi duşman dronlari va raketalardagi optik sensorlarni “kör” qiliş orqali ularni nişondan çalğitadi. Tizim razvedka kameralarini ham vaqtinça işdan çiqarişi mumkin.
Şuningdek, “USS Preble” esminetsiga HELIOS nomli yanada kuçli lazer tizimi örnatilgan. 60 kilovatt quvvatga ega uşbu kompleks kiçik dronlarni urib tuşiriş va tezkor hujum katerlarini yöq qiliş imkoniyatiga ega. Ötgan yilgi sinovlarda HELIOS törtta dronni muvaffaqiyatli zararsizlantirgani aytilgan.
Biroq mutaxassislarning fikriga köra, lazer qurollarining ham kamçiliklari bor. Xususan, ob-havo şaroiti, uzoq masofa va yuqori energiya talabi tizim samaradorligiga tasir qilişi mumkin.