Texasda töpolon: AQŞ maxfiy qurolini adaşib şarlarga qarşi işlatdi
13-02-2026, 21:25
503 марта

Texasda töpolon: AQŞ maxfiy qurolini adaşib şarlarga qarşi işlatdi
AQŞ Çegara-bojxona xizmati Pentagonning maxfiy lazer tizimini Meksika narkokartellariga tegişli dronlar deb gumon qilingan havo obektlariga qarşi qölladi. Hodisa Texas ştatidagi El-Paso şahri osmonida sodir bölgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.Naşr manbalariga köra, “dron” deb hisoblangan obektlar aslida bayram va keçalarda işlatiladigan oddiy havo şarlari bölib çiqqan. Lazer qöllanilganidan söng Federal aviatsiya boşqarmasi El-Paso fuqarolik aeroporti atrofidagi havo hududini 10 kunga yopişini elon qilgan. Bu qaror Pentagon, Oq uy va Içki xavfsizlik vazirligiga oldindan malum qilinmagan. Natijada şaharda bir neça soatlik tartibsizlik yuzaga kelgan: şifoxonalar tibbiy reyslarni boşqa manzilga yönaltirişga majbur bölgan, yölovçilar esa rejalarini özgartirgan. Bir neça soatdan keyin çeklovlar bekor qilingan.
WSJ manbalariga köra, hodisaga Pentagon, Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi va Çegara-bojxona xizmati böysunuvçi Içki xavfsizlik vazirligi örtasidagi tuşunmovçilik sabab bölgan.
Naşrning yozişiça, joriy yilning yanvar oyida AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset AeroVironment kompaniyasining Locust lazer tizimini Çegara-bojxona xizmati ixtiyoriga berişni maqullagan. Pentagon uşbu qurolni ötgan yildan beri Fort Bliss harbiy bazasida sinovdan ötkazmoqda.
Joriy yilning 9 fevral kuni Çegara-bojxona xizmati Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasini Fort-Bliss yaqinida lazer qurolini qöllaş niyati haqida xabardor qilgan. Aviatsiya idorasi tijoriy aviareyslar uçun xavf tuğilişi mumkinligini aytgan holda bunga qarşi çiqqan. Biroq çegara xizmati Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi etirozlarini inobatga olmasdan lazer tizimini işga tuşirgan.