USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Texasda toşqin qurbonlari soni 80 kişiga yetdi

76 марта

Texasda toşqin qurbonlari soni 80 kişiga yetdi


AQŞning Texas ştatida kuçli yomğirlar tufayli yuzaga kelgan toşqin oqibatida kamida 80 kişi halok bölgan, ularning 28 nafari bolalar. Bu haqda CNN xabar berdi.

Keça, 6 iyul kuni oqşom Texasning Kerr okrugi şerifi Larri Litaning jurnalistlarga malum qilişiça, faqatgina uşbu okrugda tasdiqlangan ölim holatlari soni 68 taga yetgan. Ularning 40 nafari kattalar va 28 nafari bolalar. CNN manbalariga köra, yana beşta okrugda 12 kişi halok bölgan.

Ştatning bir neçta okruglarida favqulodda holat elon qilingan. Hududlarda köplab yöllar vayron bölgan, telefon liniyalari işlamayapti. Yana 41 kişi, jumladan 10 nafar qiz bola bedarak yöqolgan deb elon qilingan.
Halok bölgan va bedarak yöqolgan bolalar Kerrvill şahri yaqinidagi Guadalupe daryosi böyida joylaşgan Camp Mystic – qizlar uçun möljallangan yozgi oromgohda dam olayotgan bölgan. Daryo kuçli yomğirdan söng tösatdan toşgan.

Milliy meteorologiya xizmati (NWS) Texas janubiy markazidagi Komal okrugida ham toşqin xavfi haqida ogohlantiriş bergan. Xizmat bayonotida aytilişiça, juda sekin harakatlanayotgan momaqaldiroq 1 soati içida 100-150 mm yomğir yoğişiga sabab bölmoqda.
NWS halokat zonasiga yaqin joylarda yaşovçilarni balandroq hududlarga çiqib ketişga, boşqa fuqarolarni esa imkon boriça tez evakuatsiya qilişga çaqirgan.
“Biz favqulodda va nihoyatda oğir vaziyatga duç kelmoqdamiz”, deyiladi NWS ogohlantirişida.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati ştat rahbariyati bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini aytdi. Uning topşiriğiga binoan, AQŞ Içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Texasga yuborilgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: