Ukraina Rossiyaga qarşi maxfiy reja tayyorlamoqda – OAV
3-02-2026, 18:11
76 марта

Ukraina Rossiyaga qarşi maxfiy reja tayyorlamoqda – OAV
Ukraina va Yevropa Rossiya kelajakda tuzilişi mumkin bölgan sulhni buzgan taqdirda qanday çoralar körilişini belgilovçi aniq reja işlab çiqqan. Unda harbiy kuç qöllaş muddati ham közda tutilgan. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.Naşr malumotiga köra, harbiy reja Ukraina tomonidan Ğarbdagi hamkorlar bilan allaqaçon kelişib olingan. Biroq, hozirça bu borada rasmiy tasdiq yöq, faqat gazeta manbalarining içki malumotlari mavjud.
Rejaga köra, Rossiya tomonidan sulhning har qanday buzilişiga 24 soat içida javob qaytarilişi kerak. Birinçi bosqiçda diplomatik ogohlantiriş nazarda tutilgan bölib, zarurat tuğilsa, undan keyin Ukraina armiyasining aralaşuvi amalga oşiriladi.
Agar jangovar harakatlar davom etsa, ikkinçi bosqiçda Yevropa Ittifoqining köplab davlatlari, Buyuk Britaniya va Turkiyani öz içiga olgan “köngillilar koalitsiyasi” deb ataluvçi tuzilma işga tuşişi kerak.
Rossiyaning hujumi kengaygan taqdirda esa, birinçi buzilişdan keyin 72 soatdan keçiktirmay AQŞ Qurolli kuçlari iştirokida muvofiqlaştirilgan javob çoralari körilişi rejalaştirilgan.
Xabarga köra, uşbu köp bosqiçli reja dekabr va yanvar oylarida Ukraina, Yevropa va AQŞ vakillari tomonidan bir neça bor muhokama qilingan.
Bungaça Oq uy rahbari Donald Tramp jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Ukrainadagi mojaroni tartibga soliş masalalarida işlar juda yaxşi ketayotganini aytgan. Ukraina böyiça uç tomonlama muzokaralarning navbatdagi raundi joriy yilning 4-5 fevral kunlari bölib ötişi kutilmoqda.