USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoqça marketing: Olmaotada böyalgan eşaklar paydo böldi

161 марта

Qozoqça marketing: Olmaotada böyalgan eşaklar paydo böldi 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistonning Olmaota viloyatidagi Turgen darasida, Asi yassi toğligi tomon yöl böylab zebraga juda öxşaş ikki hayvon bemalol yurib ketayogani aks etgan video keng tarqaldi. Mamlakat huquq-tartibot idoralari videodagi holatga munosabat bildirdi.

Malum bölişiça, videodagi hayvonlar ekzotik zebralar emas, balki oddiy oq eşaklar bölgan. Ularning egasi sayyohlarni mahalliy dam oliş hududiga jalb qiliş maqsadida eşaklarni xavfsiz böyoq bilan zebra körinişiga keltirgan. Olmaota viloyati politsiya departamentining malum qilişiça, hayvonlar egasining şaxsi aniqlangan.

“Hayvonlarning hayoti va soğliği yaxşi. Politsiya xodimlari voqeaga huquqiy baho beriş va hayvonlarga munosabat qoidalariga rioya etilganini tekşiriş maqsadida örganiş işlarini olib bormoqda”, deyiladi idora izohida.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari bu voqeaga turliça munosabat bildirgan. Ayrimlar mijoz jalb qilişning bunday usulini tanqid qilgan.
“Bu kimning hayoliga keldi özi? Bu hayvonlar uçun xavfli bölişi mumkin. Böyoq zaharli bölişi ehtimoldan xoli emas va ular uzoq vaqt şu holatda yurişga majbur, endi”, deb yozgan Threads tarmoğidagi foydalanuvçilardan biri.
Boşqalar esa vaziyatga hazil va kinoya bilan yondaşgan.
“Bu şunçaki qamoqdan qoçib ketgan eşaklar ekan”, deydi tarmoq foydalanuvçilaridan biri.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: