USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Xudo ularni allaqaçon jazolagan”. “Zamhokim” nogironlarni haqoratladi.

1 290 марта

“Xudo ularni allaqaçon jazolagan”. “Zamhokim” nogironlarni haqoratladi. 

Qozoğistonning Olmaota viloyati hokimining birinçi örinbosari Qanat Yesbolatov nogironlarga nisbatan “Xudo ularni allaqaçon jazolagan”, jumlasini işlatdi va jamoatçilikning keskin noroziligiga sabab böldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, keça, 28 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat Soğliqni saqlaş vaziri Aqmaral Alnazarovaning Talgar tumani aholisi bilan uçraşuvidan olingan video tarqalgan. Uçraşuv davomida Olmaota viloyati hokimining birinçi örinbosari nogironlar haqida gapirgan.
“Kelinglar, nogironlarni hurmat qilaylik, Xudo ularni allaqaçon jazolagan”, degan u.
Hokim örinbosarining sözlarini ayrim foydalanuvçilar haqoratli deb baholagan.
“Bu nimani anglatadi? Alloh jazolagan degani? Bunday gaplar uçun javobgarlikka tortilsin! Men Qozoğiston fuqarosi sifatida Olmaota viloyati hokimi örinbosarining nogironligi bölgan şaxslarga nisbatan aytgan noörin sözlariga munosabat bildiraman. Bu fuqarolarning qadr-qimmatini tahqirlaşdir va davlat xizmatçisi etikasi hamda Konstitutsiya normalariga zid. Tekşiruv ötkazilişi, istefo masalasi körib çiqilişi va hammani ranjitgan bu sözlar uçun omma oldida uzr söralişi kerak deb hisoblayman. Har bir insonni hurmat qiliş – adolatli davlatning asosidir. Bunday gaplar javobsiz qolmasligi kerak”, deb yozmoqda tarmoq foydalanuvçilari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: