JSST hantavirus böyiça yangi holatlarni malum qildi
23-05-2026, 15:22
381 марта
JSST hantavirus böyiça yangi holatlarni malum qildiJahon soğliqni saqlaş taşkiloti hantavirus bilan kasallaniş holatlari 12 nafarga yetganini, 3 kişi vafot etganini malum qildi.
Qayd etilişiça, barça holatlar MV Hondius kruiz kemasida yuz bergan epidemiya bilan boğliq.
Malumotlarga köra, Niderlandiya yana bir yangi kasallaniş holatini tasdiqlagan. Kasallangan şaxs Ispaniyaning Tenerife orolida kemadan tuşgan, keyinçalik vataniga qaytarilgan va özini izolyatsiya qilgan.
Hozirgaça 12 ta kasallaniş holati va 3 ta ölim qayd etilgan. Joriy yilning 2 may kuni JSST birinçi holat haqida xabar bergan bölsa-da, şundan buyon yangi ölimlar qayd etilmagan.
JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyesus zarar körgan davlatlarga karantin muddati tugaguniga qadar barça yölovçilar va ekipaj azolarini qatiy nazorat qilişni tavsiya qilgan.
Hozirda 30 dan ortiq mamlakatda 600 dan ortiq aloqada bölgan şaxslar nazoratga olingan. Yuqori xavf guruhidagi kontaktlarni aniqlaş işlari davom etmoqda.