USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mars noyob rakursdan suratga olindi

107 марта

Mars noyob rakursdan suratga olindi

NASA’ning Psyçe kosmik apparati Marsning kamdan kam uçraydigan rakursdagi suratlarini oldi. Apparat Qizil sayyora yaqinidan uçib ötiş vaqtida uning yarimoy şaklidagi körinişi, janubiy qutb hududi hamda çang böronlarini tasvirga olgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilişiça, Psyçe apparati 2023 yil oktyabr oyida uçirilgan bölib, u Mars va Yupiter oraliğidagi asteroid kamarida joylaşgan 16 Psyçe asteroidiga yöl olgan. Olimlar uşbu asteroid oddiy kosmik jism emas, balki milliardlab yillar avval şakllangan qadimiy sayyora yadrosining bir qismi bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Joriy yilning 15 may kuni apparat Mars yuzasiga qariyb 4600 kilometr masofagaça yaqinlaşgan. Şu paytda sayyoraning tortiş kuçi foydalanilgan. NASA mutaxassislariga köra, bu usul apparat tezligini oşirib, uni asteroid tomon kerakli yönalişga burişga yordam bergan. Mars Psyçe apparatiga soatiga qariyb 1600 kilometr qöşimça tezlik bergan.

Missiya davomida apparatdagi barça ilmiy asbob-uskunalar va kameralar işga tuşirilgan. Bu esa olimlarga asosiy missiya oldidan uskunalarni sinovdan ötkaziş imkonini bergan. Olingan suratlarda Marsning kunduzgi va tungi qismlari, janubiy qutb atrofi hamda kraterlar ustida harakatlanayotgan çang izlarini köriş mumkin.

Missiyaning tasvirlaş tizimi rahbari Jim Bellga köra, apparat Marsga yuqori burçak ostida yaqinlaşgani sababli sayyoraning odatda kam uçraydigan körinişlari tasvirga tuşirilgan. Unga köra, ayniqsa Marsning yarimoy şaklidagi manzarasi ilmiy jihatdan ham, vizual tomondan ham katta ahamiyatga ega bölgan.

Mutaxassislar uşbu yaqinlaşuvni “maşq parvozi” deb atamoqda. Sababi, apparat asteroidga yetib borgaç ham xuddi şunday usulda kuzatuv va tasvirga oliş işlarini amalga oşiradi. Hozirça missiya davomida minglab suratlar olingani aytilmoqda.

NASA malumotiga köra, Psyçe apparati 2029 yilda asteroidga yetib boradi. Şundan söng u asteroid orbitasiga kirib, turli balandliklarda harakatlanib, uning yuzasi va tarkibini örganadi.

Agar olimlarning taxmini tasdiqlansa va 16 Psyçe haqiqatdan ham qadimiy sayyora yadrosi ekani aniqlansa, bu insoniyatga Yer, Mars va boşqa sayyoralarning içki tuzilişi qanday şakllanganini yaxşiroq tuşuniş imkonini berişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: