Çexiya Rossiyani global internetdan uzişni taklif qildi
23-05-2026, 21:07
130 марта

Çexiya Rossiyani global internetdan uzişni taklif qildi
Çexiya Prezidenti Petr Pavel NATOni alyansning şarqiy qanotida Rossiya tomonidan davom etayotgan provokatsiyalarga javoban “qatiy va, ehtimol, asimmetrik” çoralar körişga çaqirdi. Bu haqda u “The Guardian” gazetasiga bergan intervyusida söz oçdi.Petr Pavel Moskva “deyarli 5-moddani qöllaş çegarasiga yetadigan, ammo doimo undan biroz pastroqda qoladigan xulq-atvor uslubini” şakllantirganini aytgan (NATO Ustavining 5-moddasida alyansning bir azosiga qilingan hujum barçaga qilingan hujum deb qaralişi közda tutilgan). Pavel bölişi mumkin bölgan qadamlar sifatida Rossiyani global internetdan uzib qöyiş, uning banklarini xalqaro moliyaviy tizimlardan çiqarib taşlaş, şuningdek, NATO davlatlari havo hududini buzgan samolyotlarni urib tuşirişni tilga olgan.
Joriy vaziyatni şarhlar ekan, Pavel alyans faqat diplomatik bayonotlar bilan çeklanib qolmasligi kerakligini takidlagan.
“Afsuski, Rossiya çiroyli sözlarni tuşunmaydi. Ular kuç tilini tuşunişadi”, deydi u.Istefodagi general va NATO Harbiy qömitasining sobiq raisi Pavel, şuningdek, AQŞ Prezidenti Donald Trampni töğridan töğri tanqid qilişdan qoçgan holda, “Rossiyaga bosim ötkazişni davom ettirişda AQŞ tomonidan qatiyat yetişmayotganidan” hafsalasi pir bölganini bildirgan. Avvalroq u Çexiya OAVlariga “Tramp NATOga bölgan işonçga putur yetkaziş uçun Vladimir Putin köp yillar davomida qilganidan köra köproq iş qildi” deb bayon etgan, biroq bu safar u ittifoqçilarning birlaşgan va yanada qattiqqöl pozitsiyasi zarurligiga etibor qaratgan. Uning sözlariga köra, Rossiya harbiy rahbarlari alyansning uquvsizligi va ikkilanişidan foydalanayotganlarini oçiq tan olgan.
“Men ulardan nima uçun provokatsiyalar uyuştirayotganlarini söraganimda, ular “Çunki bu bizning qölimizdan keladi”, deb javob berişdi”, deydi Pavel.Çexiya Prezidenti munosabat bildirmaslik Moskvani yanada jiddiyroq eskalatsiyaga undaşidan ogohlantirgan.
“Agar biz bugun duç kelayotgan qoidabuzarliklarga javob qaytarmasak, Rossiya, ehtimol, faollaşadi”, deydi u Polşa Boş vaziri Donald Tuskning şunga öxşaş baholarini takrorlab.