USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞning Isroilga nisbatan munosabati özgardi – NYT

272 марта

AQŞning Isroilga nisbatan munosabati özgardi – NYT

AQŞ Isroilni Eron böyiça muzokaralardan siqib çiqardi, endi Tel-Aviv Vaşington va Tehron örtasidagi muzokaralar haqida malumotlarni Yaqin Şarqdagi yetakçilar va diplomatlar orqali yiğişga majbur bölmoqda. Bu haqda ismi oşkor etilmagan isroillik mulozimlarga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

Naşr manbalarining sözlariga köra, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuga harbiy ittifoqçi sifatida qaraydi, biroq Eron bilan muzokaralarda uni yaqin şerik deb hisoblamaydi. Şu munosabat bilan gazeta avvallari Eronga qarşi kuraşda AQŞning “ikkinçi uçuvçisi” bölgan Isroil Boş vaziri endilikda şunçaki “yölovçi”ga aylanib qolganini qayd etgan.

Maqolada aytilişiça, Isroil teng huquqli şerik maqomidan “AQŞ harbiylarining pudratçisi” darajasiga tuşirib qöyilgan. Bu Isroil uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin va oldinda saylovlar kutayotgan Netanyaxu uçun “kamsituvçi zarba” bölgan. 

Eslatib ötamiz, joriy yilning 28 fevral kuni AQŞ Isroil bilan birgalikda Eronga qarşi harbiy operatsiya boşlagan edi. Bunga javoban Tehron Isroilga, AQŞ bazalariga va Yaqin Şarqdagi neft infratuzilmasiga raketalar va dronlar bilan zarbalar bermoqda. Bundan taşqari, Eron dengiz orqali yetkazib beriladigan neftning qariyb 30 foizi töğri keladigan Hormuz böğzini yopib qöygan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: