Pokistonda terakt: önlab qurbon va jarohatlanganlar bor
24-05-2026, 19:13
54 марта

Pokistonda terakt: önlab qurbon va jarohatlanganlar bor
Pokistonning janubi-ğarbiy Balujiston viloyatida sodir bölgan hujum oqibatida önlab odamlar halok böldi va jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Malumotlarga köra, halok bölganlar soni turliça qayd etilgan: kamida 19 dan 24 nafargaça odam vafot etgan, jarohatlanganlar soni esa 50 dan 70 nafardan ziyod ekani aytilmoqda.
Rasmiy malumotlarga köra, Quyetta şahri yaqinidagi Çaman–Pattak temiryöl kesişmasidan ötayotgan yölovçi poyezdni portlovçi modda bilan töldirilgan avtomobil öziga örnatilgan portlaş bilan urib yuborgan.
Poyezd Quyetta şahridan Peşovarga yöl olgan bölgan.
Kuçli portlaş ortidan poyezdning ikki vagoni ağdarilib, yongan. Şuningdek, yaqin atrofdagi binolarga ham zarar yetgan, yöl böyida töxtab turgan önlab avtomobillar zarar körgan.
Malumotlarga köra, hujum Pokiston xavfsizlik kuçlari joylaşgan hududda sodir etilgan.
Balujiston viloyati hukumati vakili Şohid Rind Quyettadagi şifoxonalarda favqulodda tibbiy holat elon qilinganini malum qildi.