Pokistonda terroristik hujum oqibatida 12 kişi halok böldi
18-02-2026, 08:15
181 марта

Pokistonda terroristik hujum oqibatida 12 kişi halok böldi
Bugun, 17 fevral kuni Pokistonning Xayber Paxtunxva viloyati Bajaur tumanida joylaşgan nazorat punktiga hujum uyuştirildi. Bu haqda “The Hindu” naşri xabar berdi.Unga köra, hodisa oqibatida 11 nafar xavfsizlik xodimi va bir nafar bola halok bölgan. Yana yetti kişi, jumladan, ayollar va bolalar jarohat olgan.
Pokiston armiyasining Xizmatlararo jamoatçilik bilan aloqalar bölimi malumotida aytilişiça, hujum avtomobilga örnatilgan portlovçi qurilma yordamida amalga oşirilgan. Portlovçi moddalar bilan töldirilgan maşina nazorat punkti devoriga borib urilgan va kuçli portlaş sodir bölgan.
Qayd etilişiça, hujumni “Pokiston Tolibon” harakati azolari sodir etgan. Xavfsizlik kuçlarining javob zarbalari oqibatida 12 nafar hujumçi zararsizlantirilgan.
Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy hujumni keskin qoralab, halok bölganlarning oila azolariga hamdardlik bildirgan. U terrorçilikka qarşi kuraş davlatning eng ustuvor vazifasi bölib qolişini takidlagan.
Boş vazir Şahboz Şarif ham voqea yuzasidan bayonot berib, qurbonlar uçun çuqur taziya izhor qilgan va hujumni qattiq qoralagan.