USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyodagi eng halokatli suv toşqinlari

247 марта

Dunyodagi eng halokatli suv toşqinlari

Insoniyat tarixi davomida suv toşqinlari millionlab odamlarning hayotiga zomin bölgan. Ayniqsa, aholi ziç joylaşgan hududlar, daryolarning toşişi, tsiklonlar va dambalarning buzilişi ulkan falokatlarga duçor qiladi. Qiziq dalil: tarixdagi eng halokatli 4 ta suv toşqinining barçasi Xitoyda yuz bergan.
1931 yil, Xitoydagi suv toşqinlari
Insoniyat tarixidagi eng dahşatli suv toşqini. Öşanda bir vaqtning özida Yangtszi, Xuanxe va Xuay daryolari özanidan toşib ketgan. Uzoq davom etgan kuçli yomğirlar, tsiklonlar va qor erişi falokatni yanada kuçaytirgan.
Qurbonlar soni: taxminan 2 million nafargaça. Ayrim manbalarda 4 milliongaça deyiladi. Millionlab odamlar boşpanasiz qolgan. Oçarçilik va epidemiyalar avj olgan.
1887 yil, Xuanxe (Sariq daryo) toşqini
Xitoydagi maşhur Xuanxe – tarixda “Qayğu daryosi” deb ham atalgan. 1887 yildagi toşqinda uşbu daryo himoya devorlarini yorib ötgan. Oqibatda 900 mingdan 2 milliongaça odam halok böldi. Ularning katta qismi dehqonlar edi. Minglab qişloqlar suv ostida qoldi.
1938 yil, Xuanxe toşqini
Bu falokat tabiiy emas, balki uruş vaqtida ataylab keltirib çiqarilgan. Yaponiya armiyasini töxtatiş uçun xitoyliklar daryo dambasini portlatgan. Qurbonlar: 500 mingdan 900 minggaça. Yuzlab şahar va qişloqlar kunpayakun bölgan. Millionlab odamlar qoçqinga aylandi.
1970 yil, Bhola tsiklon toşqini
Hozirgi Banglaadeş hududida yuz bergan mazkur ofat tarixdagi eng halokatli tropik tsiklonlardan biri hisoblanadi. 300-500 ming kişi halok bölgan. Ulkan suv tölqini butun-butun qişloqlarni yuvib ketgan, deyiladi. Öşanda aholini ogohlantiriş tizimi juda zaif edi.
 1975 yil, Bantsyao dambasi halokati
Xitoydagi kuçli yomğirlar natijasida Bantsyao dambasi buzilib ketgan. Yana bir neça damba ketma-ket qulagan. Katta hudud suv ostida qolgan. Qurbonlar haqida malumotlar qörqinçli: 26 mingdan 240 ming nafargaça.
Uşbu falokat inson qurgan inşootlar qançalik xavf tuğdirişini körsatgan edi.
1953 yil, Şimoliy dengiz toşqini
Bir neça hududni kuçli dengiz böroni bosib ketgan. Niderlandiyaning katta qismi suv ostida qolgan. 2 mingdan ortiq odam hayot bilan vidolaşgan. Keyinçalik maşhur “Delta Works” muhofaza tizimi barpo etildi.
1999 yil, Venesuela sel toşqini
Kuçli yomğirlar toğlardan ulkan sel oqimlarini keltirib çiqardi. Mahallalar tag-tugi bilan yöq böldi.
Uşbu tabiiy ofat tufayli mintaqaning geografiyasi özgarib ketdi. Qurbonlar soni 10-30 ming kişi bölgani aytiladi.
Nega suv toşqinlari halokatli böladi?
Asosiy sabablari aholining daryo böylarida ziç yaşaşi, damba va himoya tizimlarining yetarli emasligidir. Şuningdek, kuçli tsiklon va mussonlar, ogohlantiriş tizimining sustligi ham suv toşqinlariga tösqinlik qilolmaydi.
Mutaxassislarning fikriça, iqlim özgarişi sababli kelajakda ekstremal yoğingarçiliklar yanada kuçayişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: