USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Makrondan keyin kim?”. Frantsiyada prezidentlik poygasi qizğin ketmoqda

223 марта

“Makrondan keyin kim?”. Frantsiyada prezidentlik poygasi qizğin ketmoqda

Frantsiyaning sobiq boş vaziri Gabriel Attal 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida iştirok etişini rasman elon qildi. Bu qaror markazçi siyosatçilar örtasidagi raqobatni yanada kuçaytirişi va ovozlarning bölinib ketiş xavfini oşirişi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

37 yoşli Attal Emmanuel Makron davridagi eng taniqli siyosatçilardan biri hisoblanadi. Biroq tahlilçilarga köra, uning Makronga juda öxşaş siyosiy qiyofasi saylovçilar qöllovini çeklaşi mumkin.

Attal markazçi lagerdagi asosiy raqibi – sobiq boş vazir Eduard Filipp bilan keskin kuraş olib boradi. Sörovlarga köra, birinçi turda Attal 14 foizgaça, Filipp esa 25 foizgaça ovoz töplaşi mumkin.


Naşrning yozişiça, Frantsiyada markazçi kuçlarning bölinib ketişi öta öng va öta çap siyosatçilar foydasiga işlaşi mumkin. Siyosiy doiralarda ikkinçi turga Jordan Bardella yoki Marine Le Pen boşçiligidagi öta öng kuçlar hamda sölçi yetakçi Jan-Lyuk Melanşon çiqişi mumkinligi xavotir uyğotmoqda.

Gabriel Attal Frantsiyani “Evropaning yetakçi davlati”ga aylantirişga vada bergan.
“Frantsiya siyosati doimiy tanazzulni boşqariş bilan çeklanib qolganidan çarçadim. Men Frantsiyani va frantsuzlarni çin dildan sevganim uçun prezidentlikka nomzodimni qöyaman”, degan u.
Gabriel Attal koronavirus pandemiyasi davrida hukumat matbuot kotibi sifatida maşhurlikka erişgan, keyin esa Frantsiya tarixidagi eng yoş boş vazirga aylangan edi. Uning boş vazirlik faoliyati atigi yetti oy davom etdi va Makron muddatidan oldin parlament saylovini elon qilgaç yakunlandi.
Hozirda Attal Makronning partiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Naşrning takidlaşiça, Attal raqibi Filippdan farqli ravişda saylovoldi kampaniyasida şaxsiy hayoti haqida oçiq gapirmoqda. U bolaligida bosimga uçragani, otasining vafoti haqida ham söz yuritgan.
Talim vaziri bölganida u dunyoviylik tamoyili asosida maktablarda abaya kiyimini taqiqlaş qarori bilan katta şov-şuvga sabab bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: