USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Maoşi kamaytirilgani uçun rahbari va hamkasblarini zaharlagan xitoylik erkak ölim jazosiga mahkum etildi

116 марта

Maoşi kamaytirilgani uçun rahbari va hamkasblarini zaharlagan xitoylik erkak ölim jazosiga mahkum etildi

Manba: Şanxay birinçi instansiya xalq sudi
Xitoyda Netflix’ning “Uç tana muammosi” (The Three-Body Problem) seriali prodyuseri va geyming magnati Lin Sini zaharlab öldirişda aybdor deb topilgan Yoozoo Games kompaniyasining sobiq menejeri Syuy Yao qatl etildi.

2020 yil dekabr oyida kutilmaganda vafot etgan Lin Si kompyuter öyinlari va mobil ilovalar işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi Yoozoo kompaniyasini boşqargan. U 39 yoşda edi. Tergovda aniqlanişiça, u kompaniyani boşqariş bilan boğliq kelişmovçilik tufayli öz qöl ostidagi xodim — Yoozoo kinoprodyuserlik departamentining sobiq rahbari Syuy Yao tomonidan zaharlangan.

Lin Sini öldirişda gumon qilingan Syuy Yao Yoozoo kompaniyasida xitoylik fantast-yozuvçi Lyu Sisinning şu nomli romani asosida Netflix uçun suratga olingan “Uç tana muammosi” seriali ustida işlagan.
Iş hujjatlariga köra, Lin Si ölimidan bir oz avval uşbu top-menejerning maoşini kamaytirgan va uni serial işlab çiqariş bilan boğliq işlardan çetlatgan.


Tergov versiyasiga köra, Syuy Yao hamkasblarining ovqatlari va içimliklariga zahar qöşib qöygan. Lin Si şifoxonaga yotqizilgan va töqqiz kundan keyin vafot etgan. Yana tört kişi zaharlaniş belgilari bilan şifoxonaga joylaştirilgan.

Syuy Yao Lin Si şifoxonaga yotqizilganidan bir neça kun ötib hibsga olingan edi. 2024 yil mart oyida u ölim jazosiga hukm qilindi. Malum qilinişiça, 21 may kuni hukm ijro etilgan.Yoozoo Games kompaniyasi uşbu xabarni keça, 26 may kuni tasdiqladi.

“Biz janob Lin uçun çuqur qayğudaligimizni bildiramiz va uning oilasiga çin qalbimizdan taziya izhor etamiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: