Rossiyada migrantlar ustidan nazorat keskin kuçaytirilmoqda
28-05-2026, 13:53
129 марта

Rossiyada migrantlar ustidan nazorat keskin kuçaytirilmoqda
Rossiyada migrantlar ustidan nazoratni kuçaytirişga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Bu haqda Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin malum qildi.Uning sözlariga köra, hozirgi vaqtda çet el fuqarolari Rossiya Federatsiyasiga kirişda giyohvandlik va psixotrop moddalar istemol qilganlik fakti, şuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi böyiça majburiy tibbiy körikdan ötişlari şart.
Deputatlar tomonidan qabul qilingan qarorlarga köra, Rossiyaga uç oydan ortiq muddatga borgan barça migrantlar uçun majburiy tibbiy körikdan ötiş muddati 90 kundan 30 kungaça qisqartirilmoqda.
Endilikda mamlakatdagi tibbiyot taşkilotlari 24 soat içida quyidagi malumotlarni yuborişga majbur:
- Rossiya IIVga – rasmiylaştirilgan tibbiy xulosalar töğrisida;
- Istemolçilar huquqlarini himoya qiliş va inson farovonligi sohasida nazorat böyiça federal xizmatga (Rospotrebnadzor) – migrantda yuqumli kasallik aniqlangani töğrisida.
Çet el fuqarolarining tibbiy körikdan ötişdan böyin tovlaşi uçun mamuriy javobgarlik joriy etilmoqda. Uşbu huquqbuzarlik uçun sud qarori bilan Rossiya hududidan çiqarib yuboriş imkoniyati bilan 50 ming rublgaça miqdorda jarima belgilanadi.
Atrofdagilar uçun xavf tuğdiradigan kasalliklarning yöqligi haqidagi rasmiy hujjatlarni qalbakilaştiriş va ularning muomalasi uçun kuçaytirilgan jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Uşbu jinoyatni sodir etiş 3 million rublgaça jarima bilan birga 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.