Kosmosda sirli qora tuynuk topildi
29-05-2026, 08:03
179 марта

Kosmosda sirli qora tuynuk topildi
“Jeyms Uebb” (JWST) teleskopi öta ulkan qora tuynukni aniqladi. Uşbu kaşfiyot Koinotning paydo bölişi haqidagi nazariyalarni özgartirib yuborişi mumkin. Bu haqda Kembrij universitetining “Universe Today” jurnali xabar berdi.Qayd etilişiça, Kembrij universiteti rahbarligidagi xalqaro olimlar guruhi massasi taxminan 50 million Quyoşga teng bölgan öta ulkan qora tuynukni kaşf etgan. U katta ehtimol bilan özi joylaşgan galaktikadagi yulduzlardan ham oldinroq paydo bölgan. Uşbu obektga QSO1 yoki Abell2744-QSO1 nomi berilgan. U “Jeyms Uebb” kosmik teleskopi yordamida topilgan.
Tadqiqotçilarning fikriça, bu topilma qora tuynuklarning şakllanişi haqidagi odatiy tasavvurlarni şubha ostiga qöymoqda. Ilgari olimlar dastlab ulkan yulduzlar paydo böladi, ular portlab (kollapsga uçrab) qora tuynuklarga aylanadi va keyinçalik atrofidagi moddalarni yutiş hamda boşqa obektlar bilan birlaşiş orqali asta-sekin kattalaşib boradi, deb hisoblaşardi.
Biroq olimlarning malumotlariga köra, QSO1 öz galaktikasida hali yulduzlar deyarli bölmagan davrdayoq ulkan massaga ega bölgan. Tahlillar şuni körsatdiki, uşbu obektni qurşab turgan gaz qariyb butunlay vodorod va geliydan iborat bölib, unda yulduzlar hayotidagi jarayonlardan söng hosil böladigan oğir elementlar umuman yöq.
“Biz öziga tegişli sezilarli darajadagi galaktikasi bölmagan va yulduzlar paydo böliş jarayoni boşlanişidan oldin ham mavjud bölgan qora tuynukni topganga öxşaymiz. Bu juda hayajonli voqea, çunki u ibtidoiy qora tuynuklar yoki töğridan töğri kollaps natijasida hosil bölgan qora tuynuklar mavjudligiga isbot böla oladi. Bunday tuynuklarning mavjudligi ilgari faqat nazariy jihatdan aytilardi, ammo amalda tasdiqlanmagan edi”, deydi tadqiqot mualliflaridan biri Ignas Yuojbalis.Olimlar “Pandora tödasi” nomi bilan maşhur bölgan Abell 2744 galaktikalar tödasining gravitatsion linzalaş effekti tufayli uşbu obektning massasini ölçaşga muvaffaq bölgan. Uşbu töda uzoqdagi obektdan taralayotgan yoruğlikni kuçaytirib va şaklini özgartirib körsatgan, bu esa aniqroq kuzatuvlar olib borişga imkon bergan.
Qöşimça ölçovlar şuni körsatdiki, tizimning asosiy massasi yulduzlar orasida taqsimlanmagan, balki aynan markaziy qora tuynukda jamlangan. Tadqiqotçilarning baholaşiça, qora tuynuk butun tizim massasining qariyb uçdan ikki qismini taşkil etadi.
Iş mualliflarining taxmin qilişiça, uşbu obekt Katta portlaşdan söng darhol “oğir uruğlar”dan hosil bölgan bölişi yoki yulduz şakllanişi bosqiçini çetlab ötib, ulkan gaz bulutlarining töğridan töğri kollapsi (siqilişi) natijasida paydo bölgan bölişi mumkin.
Şu bilan birga, JWST teleskopi allaqaçon “kiçik qizil nuqtalar” deb ataluvçi yuzlab şunga öxşaş obektlarni aniqlagan. Bu esa bunday tizimlar ilk Koinot davrida keng tarqalgan bölişi mumkinligini anglatadi.