USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eronliklar uzoq şatdaundan keyin internetga kirişdi. Buni ular qanday qarşi olişdi?

98 марта
Eronliklar uzoq şatdaundan keyin internetga kirişdi. Buni ular qanday qarşi olişdi?

Majid Asgaripour / WANA / Reuters / Scanpix / LETA
26 may kuni NetBlocks monitoring taşkiloti Eronda internetga kiriş tiklanganini qayd etdi. Mamlakat global tarmoqdan 88 kun yoki 2093 soat mobaynida uzilgan holatda qoldi. Bu Erondagi ilk şatdaun bölmadi, ammo, NetBlocks baholariga köra, bu zamonaviy tarixdagi eng uzoq davom etgan milliy şatdaun böldi.
Eronda internet öçirilişi 2026 yil 8 yanvarda – hukumatga qarşi keng kölamli norozilik namoyişlari fonida boşlangandi. Bir neça hafta ötib internetga kiriş qisman tiklandi, ammo 28 fevral kuni, AQŞ va Isroil Eronga qarşi hujum boşlagaç, internetga kiriş yana töliq bloklandi.

Taxminlarga köra, Eron hukumatini internetni qaytarişga majbur qilgan asosiy sabablardan biri uruş tufayli zaiflaşgan iqtisodiy muammolardir. Eron Savdo-sanoat palatasi vakili Afşin Kolahiy aprel oyida şatdaundan körilgan zarar kuniga 70-80 million dollarga yetganini aytgandi. Eron aloqa vaziri Sattor Hoşimiyning sözlariga köra, mamlakatning 90 million aholisidan 10 millionga yaqinining işi internet bilan boğliq.

Şatdaun ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuvga tayangan yirik bizneslarni ham barbod qildi. Internetga çeklovlarni aylanib ötiş juda qiyin edi: Starlink suniy yöldoş interneti terminallari avvalboşdan qiyin matoh edi, eronliklar avvaldan ommaviy ravişda foydalanib kelgan VPN-servislarga kiriş ham  keskin qimmatlaşib ketdi. Bundan taşqari, VPN uçun ham, Starlink uçun ham hibsga olişlari mumkin edi.

Internetning qisman qaytişini (bazi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar hali ham oçilmayapti, foydalanuvçilarning bir qismi esa oflayn) eronliklar turliça qabul qilişdi. Köpçilik yengil tortgan. Eronliklardan biri BBC muxbiriga şunday dedi: «Bu uç oylik qamoqdan söng ozodlikka çiqqandek böldi. Saytni oçib, yuklanganini körganimda, baxtdan osmonga uçib ketgudek böldim. Telegram va WhatsApp orqali yana xabar yubora olişimni tuşunganimdagi tuyğuni söz bilan tariflab bölmaydi. Hatto hozir ham baxtiyorligimdan közlarimga yoş kelyapti».

«Men sigaret tutatdim, SoundCloud’ni yoqdim va özimizning sevimli musiqamizni qöydim. Biz Ali [turmuş örtoği] bilan köz yoşlarimizni tiyib turdik, ammo keyin baribir yiğlab yubordik va özimizni bu faqat rejim qulagandan keyin keladigan erkinlik hissi deb işontira boşladik... Va biz bunga haqiqatan ham işonamiz», – deydi Tehrondan bölgan rassom ayol anonimlik şarti bilan The Guardian naşriga.

Boşqalarning reaktsiyasi esa alam bilan yöğrilgan edi. «Ğarb ommaviy axborot vositalari Eronda internet qisman tiklanişini göyo bu rejimni maqtaşga arziydigan qandaydir yutuqdek nişonlayotganini köriş kulgili. Internet bizning asosiy huquqimiz», – deydi Eron poytaxtida yaşovçi fotograf. Uning sözlariga köra, şatdaun tufayli u olti hafta işlamagan, ota-onasidan qarz olişga majbur bölgan va hozir ham mobil internetga normal kiriş imkoniyatiga ega emas: «Osonlaşgan yagona narsa – VPN’ga ulaniş, şu xolos».

«Menda körişlar va reaktsiyalar soni keskin tuşib ketdi. Algoritmlar meni körsatişni şunçaki töxtatdi», – deya şikoyat qiladi Associated Press’ga isfahonlik geymer va bloger. Özining aytişiça, u YouTube va Instagram’dagi auditoriyasining katta qismini yöqotgan, bazi hamkasblari esa şatdaun davrida tirikçilik qiliş uçun, texnikalarini sotib, boşqa iş topişga majbur bölgan.

Eronda yaşovçilarning köpçiligi uçun internetga qaytiş yana şuning uçun ham şokka tuşiruvçi holat böldiki, ular uruş tufayli röy bergan vayrongarçiliklarning fotosuratlari va videolarini, şuningdek, halok bölganlarning dafn marosimidan olingan kadrlarni endigina körişdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarimda dafn marosimlari aks etgan videolar tölib yotibdi: onalar yiğlayapti, otalar dodlayapti, bolalar ota-onalarining qabri ustida yotibdi. Könglim avvalgidan ğaşroq. Bu uruşda asosiy mağlublar bizmiz. AQŞ ham, Isroil ham, hatto Islom Respublikasi ham emas. Biz tirikçilik manbalarimizni, yoşlarimizni va xalqaro hamjamiyatga bölgan işonçimizni yöqotdik», – deya tan oladi Tehronda yaşovçi öqituvçi The Guardian bilan suhbatda. «Tarmoqqa ozodligimiz emas, qayğularimiz qaytdi», – deya qöşimça qildi u.


Ayrim eronliklar aççiq hazil qilişga özlarida kuç topadi. Ulardan biri eronliklarga yordam va ozodlik vada qilgan Donald Tramp haqida şunday deydi: «Eron rejimi piar-uruşda yaqqol ğalabaga erişdi, çunki hatto uni yomon köradiganlar ham endi Trampdan ğazablanmoqda». Boşqalari esa öz kelajagi haqida: «Salom, mahbus birodarlar. Men özimni qamoqxonadan vaqtinçalik tatilga çiqqandek his qilyapman».

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: