Eronda internetga ulaniş qisman tiklandi
18-01-2026, 07:59
107 марта

Eronda internetga ulaniş qisman tiklandi
Eronning ayrim hududlarida iqtisodiy inqiroz fonida boşlangan ommaviy norozilik namoyişlari davom etayotgan bir paytda internetga ulaniş qisman tiklandi. Bu haqda mahalliy “Mehr” agentligiga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.“Mehr” malumotiga köra, ayrim foydalanuvçilar uçun internetga ulaniş imkoniyati qayta oçilgan, biroq aynan qaysi çeklovlar olib taşlangani va fuqarolar xalqaro platformalardan foydalana olayotgan-olmayotgani aniqlaştirilmagan. Agentlikning Telegram-kanalida yozilişiça, mahalliy Rubika platformasida şaxsiy xabarlar yuboriş funktsiyasi paydo bölgan.
Şuningdek, “Fars News Agency” X ijtimoiy tarmoğida mobil telefon foydalanuvçilari uçun SMS yuboriş xizmati ham qayta işga tuşirilganini malum qildi. Biroq internet-trafikni kuzatuvçi NetBlocks xizmatiga köra, mamlakat böylab umumiy internetga ulaniş darajasi taxminan 2 foiz atrofida qolmoqda va sezilarli tiklaniş alomatlari kuzatilmayapti.