Afğonistonda internet qayta tiklandi
2-10-2025, 08:56
251 марта

Afğonistonda internet qayta tiklandi
Keça, 1 oktyabr kunidan boşlab Afğonistonda internet aloqasi qayta tiklandi. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi.Mamlakat aholisi deyarli 48 soat davomida taşqi dunyodan uzilib qolgan edi. Uziliş köplab sohalar faoliyatiga tasir körsatdi.
Xalqaro internet-monitoring xizmati “NetBlocks” malumotiga köra, internet qisman qayta yoqilgan. “Tolo News” xabariga köra, telekommunikatsiya va internet xizmatlari ikki kunlik tanaffusdan keyin tiklangan. BBC esa hukumatga yaqin manbaga tayanib, internet maxsus tarzda “Tolibon” Boş vazirining buyruği bilan qayta yoqilganini yozdi.
Afğonlar internet qaytgani munosabati bilan köçalarga çiqib nişonladi. 48 soatlik uziliş vaqtida korxonalar va aviatsiya qatnovi izdan çiqdi, favqulodda xizmatlarga murojaat qiliş qiyinlaşdi. Qobul markazi ança sokinlaşdi, banklar yopildi, savdo markazlari deyarli böş qoldi. Valyuta bozorida xalqaro pul ötkazmalari töxtadi, bu esa çet elda işlayotgan oila azolari yuboradigan muhim mablağlarning kelmasligiga sabab böldi. Turistik agentliklar ham yopildi yoki faqat qisman işladi, mamlakatga va undan taşqariga reyslar bekor qilindi.
BMT bayonotida aytilişiça, internetning uzilişi tufayli Afğoniston taşqi dunyodan amalda töliq ajralib qolgan.