Qozoğiston Eron uranini qabul qilişi mumkin
30-05-2026, 14:55
116 марта

Qozoğiston Eron uranini qabul qilişi mumkin
Qozoğiston Eron yadro dasturi böyiça AQŞ va Eron örtasida kelişuvga erişilgan taqdirda, Eronning uran zaxiralarini qabul qilişga tayyorligini bildirgan. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi boş direktori Rafael Grossi “Financial Times” naşriga bergan intervyusida malum qildi.Grossining aytişiça, bunday tayyorlik uning şu hafta Qozoğiston rahbariyati bilan uçraşuvi çoğida bildirilgan.
Qozoğistonning Öskemen şahrida Xalqaro atom energiyasi agentligi nazorati ostidagi past boyitilgan uran banki joylaşgan. Uşbu zaxira agentlikka azo davlatlar uçun favqulodda holatlar uçun yaratilgan.
“Uranni xavfsiz saqlaş mumkin bölgan joy mavjud”, degan Grossi.Uning fikriça, bu variant ham AQŞ, ham Eron uçun maqbul bölişi mumkin.
Naşr malumotiga köra, Eronning boyitilgan urani taqdiri Vaşington va Tehron örtasidagi muzokaralarning eng murakkab masalalaridan biri bölib qolmoqda.
Taxminlarga köra, 2025 yil iyun oyida AQŞ zarbalaridan keyin Natanz yadroviy inşooti, Fordov yoqilğisini boyitiş zavodi va Isfahondagi yadro obektlari vayronalari ostida 60 foizgaça boyitilgan qariyb 440 kilogramm uran qolgan.
Tehron esa hozirça uran zaxiralarini çet davlatga topşiriş niyatida emasligini malum qilgan. Biroq manbalarga köra, ehtimoliy kelişuv doirasida uranni suyultiriş yoki uçinçi davlatga köçiriş masalasi muhokama qilinişi mumkin.