Eron 9 ta atom bombasi uçun yetarli uran zaxirasini yaşirgan bölişi mumkin — Reuters
30-06-2025, 14:24
127 марта
Eron 9 ta atom bombasi uçun yetarli uran zaxirasini yaşirgan bölişi mumkin — Reuters AQŞning aviahujumlaridan oldin Eron 9 ta atom bombasini yaratişga yetarli miqdordagi uran zaxirasini yaşirib qöygan bölişi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib Reuters xabar berdi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) va bir qator Yevropa davlatlari Eronda aviahujumlar sodir bölişidan avval mavjud bölgan 400 kilogrammdan ortiq 60 foizgaça boyitilgan uranning keyingi taqdiri haqida aniq malumotga ega emas.
Bunga Ğarb mamlakatlarining yadro dasturlar bilan şuğullangan hozirgi va sobiq amaldorlari bilan ötkazilgan suhbatlar asos böladi
Ularning aytişiça, Tehron AQŞ yoki Isroil zarbalaridan oldin uran zaxirasini yadro obektlaridan olib çiqib, boşqa joyga köçirişga ulgurgan yoki yöqligi nomalum. Manbalardan biri bu vaziyat Eron va Ğarb örtasida uzoq davom etadigan “muşuk-siçqon öyini”gaaylanayotganini takidlagan.
MAGATE malumotlariga köra, 2025-yilgi harbiy töqnaşuvlardan avval Eronda 400 kilogrammdan ortiq 60 foizgaça boyitilgan uran mavjud bölgan. Bu esa boyitiş darajasi 90 foizga yetkazilsa, 9 ta atom bombasi yasaş uçun yetarlihisoblanadi.
Hatto bu zaxiraning kiçik bir qismi ham hisobdan çiqib qolsa, Ğarb uçun bu jiddiy xavf bölişi mumkin. Çunki bu Eronning yadro qurolini yaşirin ravişda saqlab qoliş ehtimolini kuçaytiradi, deyiladi xabarda