USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zelenskiyni mukofotdan mahrum qiliş kerak – Navrotskiy

224 марта

Zelenskiyni mukofotdan mahrum qiliş kerak – Navrotskiy

Polşa Prezidenti Karol Navrotskiy Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni mamlakatning eng yuqori davlat mukofoti – “Oq burgut” ordenidan mahrum qiliş masalasini körib çiqişni taklif qildi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.

Bunga Zelenskiyning Ukraina maxsus kuçlarining bir bölinmasiga Ikkinçi jahon uruşi davrida polyaklar qatlida iştirok etgan deb hisoblanuvçi Ukraina Qözğolonçilar Armiyasi (UPA) nomi bilan boğliq “UPA qahramonlari” nomini beriş haqidagi qarori sabab bölgan. Ukrainada ayrim millatçilar UPAni Sovet Ittifoqi va faşistlar Germaniyasiga qarşi kuraşgan qahramonlar sifatida körsa, Polşa bu taşkilotni 1943–1945 yillarda Volin hududida taxminan 100 ming polyakning ölimi uçun aybdor deb hisoblaydi.
Zelenskiyning qaroriga munosabat bildirgan Navrotskiy bu holatdan “ğazablanganini” aytgan va Zelenskiyni “Oq burgut” ordenidan mahrum qilişni taklif qildi. Uning sözlariga köra, mazkur mukofot böyiça maxsus kengaş 8 iyun kuni yiğiliş ötkazadi.
Polşa Boş vaziri Donald Tusk ham Ukraina rahbarining qarori “polyaklarning tarixiy xotirasiga oğriq yetkazişi” va ikki davlat munosabatlari nuqtai nazaridan taşvişli ekanini takidlagan. Tinçlik böyiça Nobel mukofoti sohibi, Polşada kommunistik tuzum qulaşida muhim rol öynagan Lex Valensa esa, norozilik sifatida Ukraina bayroği tuşirilgan nişonni taqişdan voz keçganini malum qilgan.

“UPA azolarini şaraflaş orqali Ukraina prezidenti meni va qirğin qilingan vatandoşlarimizni haqorat qildi”, deb yozgan Valensa ijtimoiy tarmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: