Donald Trampga şifokorlar ozişni tavsiya qildi
31-05-2026, 08:41
86 марта

Donald Trampga şifokorlar ozişni tavsiya qildi
Tibbiy xulosaga köra, Tramp “AQŞ Qurolli kuçlari boş qömondoni va davlat rahbari vazifalarini töliq bajarişga qodir”. Şifokor uning yurak, öpka, asab tizimi va umumiy jismoniy holati yaxşi ekanini, şuningdek, kognitiv va jismoniy körsatkiçlari yuqori darajada ekanini qayd etgan.
Şifokor prezidentga profilaktika maqsadida jismoniy faollikni oşiriş va vazn kamaytirişni tavsiya qilgan. Malumotlarga köra, Donald Tramp sönggi bir yilda 101,6 kilogrammdan 108 kilogrammgaça semirgan. Uning böyi 191 santimetrni taşkil etadi. Şifokor unga parhezga rioya qiliş va past dozali aspirin qabul qilişni ham tavsiya qilgan.
Avvalroq OAVda Tramp qölida köringan kökarişlar turli muhokamalarga sabab bölgan edi. Tibbiy hisobotda aytilişiça, körik davomida uning qöl ustki qismida kökariş va yengil tirnaş holati aniqlangan. Bunga ehtimoliy sabab sifatida tez-tez qöl siqiş va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oliş uçun aspirin qabul qilinişi körsatilgan.
CNN malumotiga köra, profilaktik maqsadda odatda kuniga 81 milligramm aspirin tavsiya etiladi, biroq Tramp yanvar oyida bergan intervyusida 325 milligramm qabul qilişini aytgan.
Donald Tramp 2026 yil 14 iyunda 80 yoşga töladi. U AQŞ prezidentligi tarixida lavozimga kirişgan paytda eng yoşi katta prezident bölib qolmoqda. Agar u ikkinçi muddatini yakunlasa, Oq uyni özidan avvalgi prezident Jo Baydendan ham katta yoşda tark etadi.