Endi barça şifokor va hamşiralar faqat töliq stavkada işlaydi
7-05-2025, 15:00
278 марта
Endi barça şifokor va hamşiralar faqat töliq stavkada işlaydiEndilikda tibbiyot brigadasi hamda unga biriktirilgan aholi örtasida huquq va majburiyatlarni belgilovçi ikki tomonlama şartnoma tuziladi.
Bunda aholi oilaviy şifokorni özi tanlaydi, bu jarayonlarga xususiy oilaviy şifokorlar ham jalb etiladi.
Tibbiy yordamning kafolatlangan paketi tasdiqlanadi va paket doirasida tibbiy xizmat va dori vositalari töliq byudjetdan qoplanadi.
Şuningdek, poliklinikada akuşer-ginekologlar 2 barobar köpayadi. Har 3 ming bola uçun 1 tadan pediatr ştati yangidan qöşiladi.
Bundan buyon birlamçi böğinda yarim yoki 0,25 stavka bölmaydi. Barça şifokor va hamşiralar faqat töliq stavkada işlaydi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5704)
Umuman, tumandagi mahalla va oilaviy şifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar faoliyati maqbullaştirilib, 12 mingdan köp odamga xizmat qiladigan 7 ta yirik poliklinika, qolgan 27 tasi kiçik poliklinika sifatida qaytadan taşkil qilinadi.
Tumandagi markaziy poliklinika esa tuman şifoxonasining maslahat-diagnostika bölimiga aylantiriladi. Barça tor soha mutaxassislari şu yerda işlaydi.