Dunyodagi eng gözal ayollar yaşovçi davlatlar reytingi elon qilindi
31-05-2026, 18:41
1 186 марта

Dunyodagi eng gözal ayollar yaşovçi davlatlar reytingi elon qilindi
Kolumbiya dunyodagi eng gözal ayollar yaşaydigan mamlakat deb tan olindi. Bunday reytingni demografik malumotlar va statistikaga ixtisoslaşgan “World Population Review” sayti ekspertlari tuzdi.Buning uçun ular ijtimoiy sörovnomalar natijalarini, turli gözallik tanlovlari yakunlarini tahlil qilgan, şuningdek, jahon yulduzlarining maşhurligini ularning kelib çiqişiga urğu bergan holda baholagan.
Dunyodagi eng gözal ayollar yaşaydigan mamlakatlarning birinçi önligi quyidagiça körinişga ega:
- Kolumbiya;
- Polşa;
- Gretsiya;
- Rossiya;
- Çexiya;
- Şvetsiya;
- Islandiya;
- AQŞ;
- Braziliya;
- Yaponiya.

Ekspertlarning bildirişiça, lotin amerikalik ayollar öz gözalligi bilan dunyoni maftun etgan. Masalan, Braziliyani supermodellar vatani deb ataş mumkin – Jizel Byundxen, Adriana Lima haqida köpçilik eşitgan. Kolumbiya esa dunyoga xonanda Şakira va aktrisa Sofiya Vergara kabi butunjahonga maşhur gözallarni taqdim etgan.
Tadqiqotçilar frantsuz ayollarining gözalligini ham alohida qayd etgan – bu örinda Brijit Bardo, Katrin Denyov va Marion Kotiyyarni yodga oliş lozim. Frantsiya reytingda 12-örinda qayd etilgan bölib, undan oldingi örinni Germaniya egallagan. Ekspertlar italiyalik ayollarning jozibadorligini ham tilga olgan – bunda Monika Belluççi, Sofi Loren va Izabella Rossellini kabi yulduzlarning xizmati katta.
Reytingdan Markaziy Osiyo davlatlari örin olmagan.