Qirğizistonda nosvoy taqiqlanadi

Qirğizistonda nosvoy taqiqlanadi
Qirğiziston hukumati 2040 yilgaça möljallangan demografik siyosat kontseptsiyasi doirasida tamaki va alkogol mahsulotlari aylanmasiga nisbatan qatiy çeklovlarni tasdiqladi.
Yangi tartiblarga köra, mamlakatda nosvoy işlab çiqariş va tarqatiş töliq taqiqlanadi. Şuningdek, alkogolli içimliklar va sigaretalarni xarid qiliş uçun minimal yoş çegarasini 20–21 yoşgaça oşiriş rejalaştirilgan.
Rasmiy hujjatlarda qayd etilişiça, zararli mahsulotlarni sotiş kanallari ham sezilarli darajada qisqartiriladi. Xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini tungi vaqtda hamda internet-dökonlar orqali sotişga taqiq joriy etilişi közda tutilgan.
Bundan taşqari, hukumat aktsiz soliqlarini oşirişni rejalaştirmoqda. Bu esa mazkur mahsulotlar narxining çakana bozorda qimmatlaşişiga olib keladi.
Kontseptsiyada voyaga yetmaganlarni himoya qiliş masalasiga alohida etibor qaratilgan. Bolalar va ösmirlarga salbiy tasir körsatişi mumkin bölgan mahsulotlar reklamasi ustidan nazorat kuçaytiriladi va qöşimça çeklovlar joriy etiladi.