Frantsiya Isroilni dunyoning eng yirik qurollar körgazmasidan çetlatdi
2-06-2026, 12:48
91 марта

Frantsiya Isroilni dunyoning eng yirik qurollar körgazmasidan çetlatdi
Frantsiya hukumati Isroilning Parij şahrida 15–19 iyun kunlari ötkaziladigan dunyodagi eng yirik mudofaa sanoati körgazmalaridan biri – Eurosatory 2026’da rasmiy iştirok etişini taqiqladi. Bu haqda “Ynet” naşri xabar berdi.Qayd etilişiça, mazkur qaror sababli Isroil Mudofaa vazirligi körgazmada milliy pavilonini namoyiş qila olmaydi. Şu bilan birga, Isroilning xususiy kompaniyalariga tadbirda qatnaşişga ruxsat berilgan bölsa-da, ularga hujumkor qurol tizimlarini körsatiş taqiqlangan. Frantsiya rasmiylari faqat havo hujumidan mudofaa tizimlari hamda boşqa mudofaa vositalarini namoyiş etişga ruxsat bergan.
Isroil Mudofaa vazirligi Parijning mazkur qarorini keskin tanqid qildi. Vazirlik bayonotida Frantsiya Isroil kompaniyalariga nisbatan xalqaro körgazmalar amaliyotiga zid ravişda tanlab va bir tomonlama çeklovlar qöllayotgani takidlangan.
“Bu siyosiy va tijoriy maqsadlarni közlagan şarmandali qarordir. Frantsuzlar raqobatdan qörqmoqda va siyosiy bahonalarni öylab topmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.Isroil tomoni mazkur qaror ikki davlat örtasidagi munosabatlar yanada yomonlaşganidan dalolat berişini bildirgan. Biroq hozirça körgazmani töliq boykot qiliş rejalaştirilmayapti.
Naşrning yozişiça, çeklovlar Isroil uçun özining zamonaviy harbiy texnologiyalarini xalqaro maydonda namoyiş qiliş imkoniyatini sezilarli darajada kamaytiradi. Isroilda esa bu qaror ortida siyosiy sabablar bilan birga iqtisodiy manfaatlar ham yotganiga işonç bildirilmoqda. Çunki mamlakatning mudofaa sanoati mahsulotlari Frantsiya eksportçilari uçun jiddiy raqobatçi hisoblanadi.