Tatariston “Tolibon” harbiy–texnikasini tamirlab berişi mumkin
2-06-2026, 14:56
421 марта
Tatariston “Tolibon” harbiy–texnikasini tamirlab berişi mumkinTatariston kompaniyalari Afğonistonda “Tolibon” mamuriyati tomonidan foydalanilayotgan harbiy va oğir texnikani tamirlaş, qayta tiklaş hamda ularga texnik xizmat körsatişi mumkin. Bu haqda “Afghanistan International” xabar berdi.
Malum qlinişiça, Rossiyaning Afğonistondagi savdo markazi rahbari Xabibullin Tatariston kompaniyalari “Tolibon” ixtiyoridagi Rossiyada işlab çiqarilgan texnikalarga ehtiyot qismlar yetkazib beriş, servis markazlarini yölga qöyiş hamda xizmat körsatiş tizimini qayta tiklaşda ham hamkorlik qilişi mumkinligini bildirgan.
Uning aytişiça, hamkorlik doirasida afğon mutaxassislarini öqitiş uçun maxsus markazlar taşkil etiş, şuningdek, Rossiya va Tataristonda işlab çiqarilgan texnika uçun rasmiy dilerlik tarmoqlarini yaratiş ham rejalaştirilmoqda.
Malumotlarga köra, Afğonistonda hozirda Rossiya işlab çiqargan texnikalarning katta floti mavjud bölib, ular orasida 100 dan ortiq Mi-17 vertolyotlari, 30 mingdan ziyod KamAZ yuk maşinalari hamda 2 mingga yaqin boşqa oğir transport vositalari bor.
Bu taşabbus Rossiya va “Tolibon” mamuriyati örtasida harbiy-texnik hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzolangandan söng yuzaga çiqqan. Mazkur kelişuv joriy yilning 27 may kuni Moskvada ötkazilgan Xalqaro xavfsizlik forumida imzolangan bölib, hujjatni Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoygu va “Tolibon” Mudofaa vaziri Mulla Yoqub Mujohid imzolagan.