USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

El-Nino Markaziy Osiyoga kuçli yomğir olib kelişi mumkin – BMT

575 марта

El-Nino Markaziy Osiyoga kuçli yomğir olib kelişi mumkin – BMT

BMTning Meteorologiya agentligi yaqin oylarda butun dunyo böylab haroratning kötarilişiga va ob-havoning keskin özgarişiga olib kelişi mumkin bölgan kuçli El-Nino hodisasi haqida ogohlantirdi. Mazkur tabiiy hodisa Markaziy Osiyoga kuçli yomğir olib kelişi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  

El-Nino Tinç okeanida odatda iliq suvlarni ğarbga tomon haydaydigan doimiy şamollarning kuçsizlanişi natijasida yuzaga keladi. Buning oqibatida okeanning markaziy va şarqiy qismida issiqlik töplanadi, bu esa atmosferadagi havo va namlik harakatini özgartirib, butun dunyo böylab ob-havoga – jala quyişlaridan tortib, qurğoqçilik va anomal issiqlik tölqinlarigaça tasir körsatadi.

Jahon meteorologiya taşkiloti (JMT) malumotlariga köra, okeandagi iliq suv allaqaçon El-Ninoning rivojlanişini kuçaytirmoqda. JMT joriy yilning iyun oyidan avgust oyigaça dunyoning aksariyat mintaqalarida harorat meyordan yuqori bölişini prognoz qilmoqda. Taşkilot hisob-kitoblariga köra, El-Nino noyabr oyigaça davom etişi mumkin.
“Biz potentsial kuçli El-Nino hodisasiga tayyorgarlik körişimiz kerak. U qurğoqçilik va kuçli yoğingarçiliklarni kuçaytiradi, şuningdek, quruqlikda va okeanda anomal issiqlik tölqinlari xavfini oşiradi”, deydi JMT boş kotibi Seleste Saulo.
Bundan oldingi kuzatilgan El-Nino 2024 yilning kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bölişiga sabab bölgan omillardan biri edi. Tinç okeanining ekvatorial qismida suv yuzasi haroratining keskin kötarilişi qayd etilgan. JMT malumotlariga köra, u aprel oyining oxiridan may oyining örtalarigaça tez suratlar bilan kötarilgan. Okean yuzasi ostida ham ğayritabiiy darajada köp issiqlik töplangan: bazi joylarda harorat meyordan 6 darajadan köproq yuqoridir.
“El-Nino Janubiy Amerikaning janubida, AQŞ janubida, Afrika burnining ayrim hududlarida va Markaziy Osiyoda yoğingarçilikning köpayişiga olib kelişi mumkin. Şu bilan bir vaqtda, Avstraliya, Markaziy Amerika, Indoneziya va Janubiy Osiyoning bir qismida qurğoqçilik xavfi ortadi. Bu hodisa, şuningdek, Tinç okeanining markaziy va şarqiy qismida böronlarni kuçaytirişi mumkin”, deyiladi JMT xabarida.
BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş sodir bölayotgan jarayonlarni iqlimga oid zudlik bilan berilgan ogohlantiriş deb atagan.
“El-Nino şaroiti allaqaçon qizib borayotgan dunyo oloviga yoğ sepadi. Dunyo mamlakatlari qazib olinadigan yoqilğidan qayta tiklanuvçi energiya manbalariga ötişni tezlaştirişlari zarur”, deydi u.
JMT iqlim özgarişi El-Ninoni tez-tez yoki kuçliroq qilayotganiga hozirça heç qanday dalil yöqligini qayd etgan. Biroq global isiş uning oqibatlarini, jumladan, ekstremal issiqlik va kuçli yomğirlarni yanada kuçaytirişi mumkin.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: