USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyo 2030 yilgaça anomal issiq davrni boşdan keçiradi – BMT

123 марта

Dunyo 2030 yilgaça anomal issiq davrni boşdan keçiradi – BMT

Iqlim inqirozi kuçayib borayotgani sababli 2030 yilgaça dunyoda rekord darajada deyarli muqarrar issiq davr kuzatiladi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Jahon meteorologiya bölimi (WMO) xabar berdi.

Taşkilot hisobotiga köra, global harorat rekordi hatto 2027 yilning özidayoq yangilanişi mumkin. Mutaxassislar bu yil oxirida El-Nino iqlim hodisasi boşlanişini kutmoqda. Bu esa Yer atmosferasida haroratning yanada oşişiga olib kelişi mumkin.

Hisobot Britaniyaning Met Office markazi tomonidan tayyorlangan bölib, unda 2026-2030 yillar orasidagi kamida bir yil 2024 yilni tarixdagi eng issiq yil sifatida ortda qoldirişi ehtimoli 86 foiz ekani aytilgan. Şuningdek, keyingi beş yillik örtaça harorat sanoat inqilobidan oldingi davrga nisbatan 1,5 darajadan yuqori bölişi ehtimoli 75 foizga baholanmoqda.


BMTning iqlim böyiça rahbari Saymon Still Yevropa va boşqa hududlardagi kuçli jazirama iqlim inqirozining insonlar va iqtisodiyot uçun qançalik xavfli ekanini yana bir bor körsatganini takidlagan. Mutaxassislar fikriça, issiqxona gazlari çiqindilari, ayniqsa neft, gaz va kömir yoqilişi tufayli atmosferada uglerod miqdori ortib bormoqda. Bu esa kuçli issiq tölqinlari, qurğoqçilik, böron va suv toşqinlari kabi ekstremal ob-havo hodisalarini köpaytirgan.

Hisobotda aytilişiça, hozirning özida global isiş har daqiqada taxminan bir insonning hayotiga tasir qilmoqda. Agar çiqindilar keskin kamaytirilmasa, bu körsatkiç yanada ortadi. Arktika hududi keyingi beş qiş mavsumida odatdagidan 2,8 daraja issiqroq böladi. Bu esa mintaqa dunyo örtaça körsatkiçidan uç baravar tezroq qizib borayotganini anglatadi.

Yoğingarçilik böyiça prognozlarda esa Şimoliy Yevropa, Sahel, Alyaska va Sibirda namgarçilik köpayişi, Amazonka hududida esa qurğoqçilik kuçayişi mumkinligi qayd etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: