BMT sönggi 10 yilni tarixdagi eng issiq davr deb atadi
23-03-2026, 16:18
148 марта

BMT sönggi 10 yilni tarixdagi eng issiq davr deb atadi
BMT tarkibidagi Jahon meteorologiya taşkiloti 2015-2025 yillar oraliğini meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr deb atadi. Bu haqda taşkilot saytida elon qilingan hisobotda söz boradi.Elon qilingan hisobotga köra, 2025 yil eng issiq yillar uçligiga kirgan bölib, hisoblaş uslubiga qarab ikkinçi yoki uçinçi örinni egallagan.
2025 yilda örtaça global harorat sanoatgaça bölgan davrga nisbatan taxminan 1,43 darajaga yuqori bölgan. Mutaxassislar takidlaşiça, 2024 yil bundan ham ekstremal bölib, tarixdagi eng issiq yilga aylangan va harorat 1,55 darajaga oşgan. Bu esa global isiş davom etayotganini körsatadi.
Olimlarni ayniqsa, muzliklarning holati xavotirga solmoqda. Hisobotda qayd etilişiça, sayyoraning muhim hududlarida muz massasi yöqotilişi kuzatuvlar tarixidagi eng yomon beş körsatkiç qatoriga kirgan. Eng yuqori eriş darajasi Islandiya va Şimoliy Amerikada qayd etilgan.
BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş hisobot natijalariga izoh berar ekan, global iqlim holati favqulodda darajaga ötganini aytgan.
“Er sayyorasi haddan taşqari yuklama ostida, barça asosiy iqlim körsatkiçlari qizil darajada,” degan u.